Abdulsalom-shoh (; vafot etgan yili: 1493/1494) Nizoriy Ismoiliylar jamoasining Qosim Shohiy boʻlimining 33-imomi.

Hayoti Aslida Mahmud deb atalgan bu zot, rivoyatlarga koʻra, namoyon etgan donishmandligi uchun otasi al-Mustansir Billoh II tomonidan „Abd as-Salom“ (soʻzma-soʻz: „Tinchlikning bandasi“) degan faxrli nomga sazovor boʻlgan. Zamonasining bir shoiri yozgan maktubda u „Salom Alloh“ nomi bilan ham tanilganligi qayd etilgan.

U taxminan 1480-yilda otasi vafot etgach, Anjudonda uning oʻrnini egalladi. Ogʻzaki Nizoriy anʼanasiga koʻra, u 1493/14944-yilda vafot etgan va taxtga oʻgʻli Gʻarib Mirzo oʻtirgan. Otasi kabi u ham Badaxshon va Afgʻonistondagi raqib Muhammad-Shohiy tarmogʻining Nizoriy jamoalarini oʻzining rahbarligini tan olishga undagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:1493-yilda vafot etganlar Turkum:Nizoriy imomlar Turkum:15-asr ismoiliylari