Said ibn Aslam ibn Zur’a al-Kilobiy () Iroq hamda xalifalikning sharqiy hududlari hokimi Hajjoj ibn Yusuf qoʻl ostida 694-yilda Makron viloyati hokimi boʻlib xizmat qilgan. U Banu Kilob qabilasi boshligʻi, Basra va Xuroson viloyatlari musulmon qoʻshinlarining Qays guruhi boshligʻi, 677–679-yillarda Xuroson hokimi vazifasini bajargan Aslam ibn Zurʼaning oʻgʻli edi. Hajjoj ibn Yusufning oʻzi Saidni Makron hokimi etib tayinlagan. Ushbu lavozimni egallaganidan koʻp oʻtmay, al-Horis al-Ilofiyning ikki oʻgʻli Muhammad va Muoviya tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida Said halok boʻlgan. Balozuriyning (vafoti: 892) yozishicha, uning oʻlimidan soʻng Hajjoj Mujjaʼah ibn Si’rni Makron hokimi etib tayinlagan, Saidning oʻgʻli Muslim ibn Saidni asrab olib, uni oʻz farzandlari qatorida tarbiyalagan. Oradan vaqt oʻtib, Muslim Xuroson hokimi lavozimida xizmat qilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:694-yilda vafot etganlar Turkum:Makrondagi Umaviylar xalifalari