Habib ar-Rahmon Ludhianviy (1892-yil 3-iyulda tugʻilgan – 1956-yil 2-sentyabrda vafot etgan) „Islom Ahrorlar Majlisi“ asoschilaridan biri hisoblanadi. U Arain qabilasidan edi. 1857-yilgi Hindiston qoʻzgʻoloni paytida Britaniya mustamlakachiligiga qarshi ozodlik kurashchisi Shoh Abdulqodir Ludhianviyning avlodi boʻlganAn Arain freedom fighter (Habib-ur-Rehman Ludhianvi) The News International (newspaper), Published 15 December 2007, Retrieved 6 November 2018Profile of Habib-ur-Rehman Ludhianvi Heritage Times (newspaper), Published 17 November 2017, Retrieved 6 November 2018Profile of Maulana Habib-ur-Rehman Ludhianvi on indianmuslimlegends.com website Retrieved 8 November 2018.
Hayoti
Oilasi Habib ar-Rahmon Ludhianviyning bobosi Shoh Abdulqodir Ludhianviy 1857-yildagi Hindiston qoʻzgʻoloni paytida Britaniya Sharqiy Hindiston kompaniyasiga qarshi qurolli hujumga boshchilik qilgn. Panjobdagi qoʻzgʻolonchilarning birinchilardan boʻlgan[iqtibos kerak]. U inglizlarni nafaqat Ludhiana, balki Panipatdan ham haydab chiqara oladigan katta jangovar kuchlarni toʻpladi. Bu qurolli kuchlar musulmonlar, hindular va sikxlardan tashkil topgan edi. Keyin u Boburiylar imperatori Bahodirshoh Zafarni qoʻllab-quvvatlash uchun Dehliga yoʻl oldi. U 1857-yild Dehlining Chandni Chovk shahrida minglab odamlar bilan birga jang qilib oʻz hayotini qurbon qilganAn Arain freedom fighter (Habib-ur-Rehman Ludhianvi) The News International (newspaper), Published 15 December 2007, Retrieved 6 November 2018. Habib ar-Rahmon Ludhianviy 1892-yil 3-iyulda Britaniya Hindistonining Ludhiana shahrida tugʻilganProfile of Habib-ur-Rehman Ludhianvi Heritage Times (newspaper), Published 17 November 2017, Retrieved 6 November 2018. Abdulazizning qizi Bibi Shofatunnisoga uylangan.
Yoshlik yillari va faoliyati Ludhianviy Hindistondagi Britaniya hukmronligiga chek qoʻyishni istagan millatchilik harakati – „Islom Ahrorlar Majlisi“ asoschilaridan biri hisoblanadi[iqtibos keltirish kerak]. U 1947-yil 14-avgustda Pokiston boʻlinib, mustaqillikka erishganidan soʻng u yerda qolgan minglab musulmonlar vakili sifatida Hindistonning Sharqiy Panjob shahrida qolishni tanladi[iqtibos kerak]. U oʻsha paytda Sharqiy Panjobda qolgan musulmonlarni tashlab ketmaslik kerakligini taʼkidlagan. Ludhiana Hindistonning Panjob shtatidagi yirik sanoat shahri hisoblanadi. Uttar-Pradesh va Bixar viloyatlaridan koʻp sonli ishchi musulmonlar ham u yerga ishlash uchun kelishadiAn Arain freedom fighter (Habib-ur-Rehman Ludhianvi) The News International (newspaper), Published 15 December 2007, Retrieved 6 November 2018.
Manbalar
Turkum:Deobandiylar Turkum:1956-yilda vafot etganlar Turkum:1892-yilda tugʻilganlar