Lut ibn Yahyo ibn Said al-Azdiy () ( –773/775; kunyasi – Abu Mixnaf () nomi bilan ham mashhur) – ilk musulmon tarixchilaridan biri.

Hayoti Abu Mixnaf taxminan 689-yilda tugʻilgan. Uning ismi Lut, otasi esa Yahyo ibn Said ibn Mixnaf boʻlib, Kufada yashovchi azd qabilasining zodagon urugʻiga mansub boʻlgan. Bobosi Mixnaf ibn Sulaym azd qabilasi boshligʻi va 657-yildagi Siffin jangida xalifa Ali () qoʻshinidagi oʻz qabiladoshlarining qoʻmondoni boʻlgan. Mixnafning oʻgʻli Muhammad, yaʼni Abu Mixnafning amakisi, Siffin jangida oʻn yetti yoshda boʻlgan va uning jang haqidagi qaydlarini Abu Mixnaf yozib olgan. 700-yilda Ibn al-Ashʼas boshchiligidagi Umaviylar xalifaligiga qarshi koʻtarilgan ommaviy Iroq qoʻzgʻoloniga hamda 750-yilda Abbosiylar tomonidan Umaviylar agʻdarilishiga guvoh boʻlgan. Muhammad ibn Saʼid al-Kalbiy bilan doʻst boʻlgan va Abu Mixnafning koʻp sonli asarlari aynan uning oʻgʻli Hishom ibn al-Kalbiy orqali yetib kelgan. 774/75-yillarda vafot etgan. Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr arab shaxslari Turkum:770-yillarda vafot etganlar Turkum:680-yillarda tugʻilganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari