Xazonrezgi — rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan tasvirga olingan badiiy film. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Oʻzbekfilm kinostudiyasida ishlab chiqarilgan. Filmda 1980-yillardagi oʻzbek xalqi hayoti, qiyinchiliklar va gʻam-tashvishlar hamda afgʻon urushi voqealari yoritilgan.

Rollarda

Bosh qahramonni gavdalantirgan Bahriddin Abdullayev filmda oʻzining ilk rolini ijro etgan. Husnora Hojimurodova ham birinchi marta asosiy obraz rolini oʻynagan.

Mukofotlari Film „MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining eng yaxshi filmi“ toifasida Rossiya kinomatografiya akademiyasining „Nika“ mukofotiga nomzodlik qilgan.

Shuningdek, Qirg‘izistonning „Ak ilbirs-2017“ Milliy mukofoti uchun uch nominatsiyada nomzod qilib koʻrsatilgan. Taqdirlash marosimida bosh rolni oʻynagan Feruza Saidova „Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi“ sifatida taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:2016-yil filmlari

Havolalar