Abulqosim Noʻmoniy (1947-yil 14-yanvarda tugʻilgan) Hindistonlik islom olimidir. U hozirda Dorul Ulum Deoband universitetining vitse-kansleri va shayx al-Hadis lavozimida faoliyat olib boradi. Abulqosim dunyodagi eng nufuzli 500 musulmon roʻyxatiga kiritilgan.

Hayoti Abulqosim Noʻmoniy 1947-yil 14-yanvarda Varanasida (Banoras) tugʻilgan.1960-yilda Noʻmoniy arab tilini oʻrganish uchun Dorul Ulum Mauga oʻqishga kirgan. Shundan soʻng, 1962-yilda Miftohul Ulum Mauda bir yil oʻqib, oliy maʼlumot olish uchun Dorul Ulum Deobandga borgan va 1967-yilda uni tamomlagan. Abuqosim 1992-yilda Dorul Ulumning majlis ash-Shoro (boshqaruv kengashi) aʼzosi boʻlgan.

Noʻmoniy Gʻulom Muhammad Vastanviydan keyin 2011-yil 24-iyulda Dorul Ulum Deoband vitse-kansleri etib tayinlangan.

2020-yil 14-oktabrda Noʻmoniy Deoband seminariyasiga Shayx al-Hadis etib tayinlandi. Manbalar

Turkum:Hindistonlik soʻfiylar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:Deobandiylar