Abdurahim al-Murbatiy – 2003-yilning iyun oyidan buyon Saudiya Arabistonida suddan tashqari hibsga olingan Bahrayn fuqarosi mirror mirror. Gulf Daily News(Koʻrfaz kunlik yangiliklari) xabar berishicha, 2008-yil 7-iyul kuni al-Murbatiy Saudiya poytaxti boʻlgan ar-Riyod shahrining janubiy qismida joylashgan Hayer qamoqxonasida ushlab turilgani maʼlum boʻldi. Oʻgʻli Usomaga yaqin vaqtgacha, unga otasi boshqa yerga koʻchirilganini aytishgunga qadar, oʻz otasining oldiga muntazam tashrif buyurishga ruxsat berilgan edi. Saudiya Arabistoni rasmiylari al-Murbatiyning hozirgi manzilini yashirgan edi.

Abdurahim al-Murbatiy sobiq Guantanamo qamoqxonasi mahbusi Iso al-Murbatiyning akasi hisoblanadi mirror.

2008-yil 21-sentabr kuni Bahrayn Inson huquqlari boʻyicha kuzatuv jamiyati al-Murbatiy va Xalil Janahiy ozod etilishi uchun yana bir bor murojaatni boshlab yubordi. Gulf Daily News gazetasida maʼlum qilinishicha, ikki erkak yaqinda Bahreyn yaqinidagi, Saudiya Arabistonining sharqidagi Dammom shahridagi qamoqqa oʻtkazilgan. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar