Shoh Siddiq (arabcha:شاه صديق; bengali tilida: শাহ সিদ্দিক) 14-asrda yashagan soʻfiy avliyo boʻlgan. Turkiyadan Silhetni zabt etishda Shoh Jalolga hamroh boʻlgan 360 avliyo yoki izdoshlaridan biri edi. U islomning birinchi xalifasi Abu Bakr Siddiqning avlodlaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda ham Bangladeshdagi Usmoni Nagar tumanining Usmonpur qishloq kengashiga qarashli Panchpara qishlogidan boʻlgan Shoh Siddiqning avlodlari Siddiq familiyasini olib yuradilar.

Shoh Siddiq Silhet tumanidagi Panchpara qishlogʻida, taxminan 24°43’09.7" shimoliy kenglik va 91°46’31.1" sharqiy uzunlikda dafn etilgan. Panchparada joylashgan „Shoh Siddiq Jamiyat Islomiya“ oʻrta maktabi uning sharafiga nomlangan. Uning vafot etgan aniq sanasi nomaʼlum, biroq qabr toshidagi yozuvda bu sana milodiy 1373-yil 21-avgustga toʻgʻri kelishi mumkinligi qayd etilgan.

Uning qabrining eski rasmlarini ushbu veb-saytda topish mumkin. Manbalar

Havolalar

Eaton, Richard M. The Rise of Islam and the Bengal Frontier, 1204-1760. Berkeley: University of California Press, c1993.

thumb|Shoh Siddiq qabrining 2022-yil avgust oyidagi surati.

Turkum:Bangladeshda islom dini