Zayd al-Xoyr (arabcha: زيد الخير) – tayy qabilasining boshligʻi boʻlib, u Islomni qabul qilgan va sahobalardan biri boʻlgan.

Hayoti

Zayd al-Xoyrning asl ismi Zayd al-Xoyl ibn Muhalhil. U oʻsha paytda Najdda yashagan tayy qabilasidan boʻlgan. Zaydning oldingi „al-Xayl“ ismi oʻziga tegishli boʻlgan koʻp sonli otlarni bildirgan boʻlsa, yangi „al-Xoyr“ nomi Islomni qabul qilgani uchun Alloh taoloning unga bergan marhamatiga ishora qilgan. Zaydning Mixnaf va Horis ismli ikki oʻgʻli boʻlib, ular ham musulmon boʻlgan.

631-632-yilda (hijriy 10-yilda) Zayd al-Xoyl tayy qabilasi boshligʻi sifatida Muhammad bilan uchrashish va oʻsha paytda tarqalib borayotgan Islom haqida soʻrash uchun Madinaga vakillar yuborgan. Muhammad Zaydning fazilatlaridan taʼsirlangani va yuborgan vakillari ham islomni qabul qilganidan soʻng Zayd al-Xoyl oʻz ismini Zayd al-Xoyrga oʻzgartirgan. Biroq, ushbu vakil aʼzolaridan biri Zurr ibn Sadus islom dinini qabul qilishni rad etgan va keyinchalik Vizantiya Suriyasiga qochib ketgan.

Vafoti

Zayd Madinadan Najdga qaytayotganida isitma kasalligi bilan ogʻrib qolgan va u Najd yaqinidagi daryo boʻyida turganida vafot etgan . Uning vafoti qabilasiga maʼlum boʻlgan paytda, Zaydning butparast xotini Zayd ibn Xoyrning kitoblarini olib, yoqib yuborgan. Manbalar

Turkum:631-yilda vafot etganlar Turkum:Sahobalar