Anomaliya () – fransuz yozuvchisi Hervé Le Telleierning romani, Gallimard nashriyoti tomonidan 2020-yil 20-avgustda nashr etilgan.
Roman adabiy matbuotda ijobiy baho oladi. Le Telleier 2020-yil 30-noyabrda ushbu kitobi uchun Goncourt mukofotiga sazovor boʻldi. Tavsifi Asar uch qismdan tashkil topgan boʻlib, ularning nomlari Raymond Queneau sheʼriyatidan olingan. Roman haqiqiy dunyo va uning aksi oʻrtasidagi munosabat haqida bir nechta savollarni koʻtaradi, jumladan, voqelikni virtual makonning taqlid modelidan qanday ajratish mumkinligi masalasini oʻrtaga tashlaydi. Uslubi Kompozitsiya boʻyicha „roman ichidagi roman“. Muallif jiddiy lingvistik cheklovlar sharoitida badiiy asarlar yaratishga intilayotgan xalqaro „OULIPO“ adabiy guruhi prezidenti.
„Anomaliya“ bir necha personajlarni tanishtirish bilan boshlanadi, ularning har biriga turli janrlarning – triller, psixologik roman va hokazolarning uslubiy xususiyatlariga muvofiq yozilgan bob bagʻishlangan. Oʻquvchi bu qahramonlarning barchasi oʻrtasidagi bogʻlovchi halqa 2021-yil mart oyida yuz bergan Parij – Nyu-York reysining „anomaliyasi“ ekanligini tezda tushunib yetadi.
Tanqidchi Annick Geillening yozishicha, Le Tellier kiberpank janrining postmodernistik ilmiy fantastikasidan ilhomlangan. Asar teleserial ssenariysiga oʻxshash tuzilgan. Romanda koʻplab adabiy ishoralar mavjud.
Manbalar
Turkum:Romanlar