200px|thumb|Timurlengianing tiklangan rasmi Timurlengia – Oʻzbekistonning Qizilqum choʻli hududidagi Jaraquduq paleontologik oʻlkasidan topilgan tirannozavroid teropod dinozavr turkumi. Turkumning lotincha nomi Timurlengia euotica hisoblanadi.

Kashf etilishi 1944-yilda sovet va rus olimlari tomonidan Qizilqum choʻli hududida joylashgan Jaraqaduq oʻlkasidan tirannozavriodlarning suyaklari topilgan hamda oʻrganilgan. 2004-yilda esa, turkumga tegishli dinozavrning bosh qismi suyagi topib tahlil qilingan. 2016-yilda Stiven Lui Brusatte, Aleksandr Averiyanov, Hans-Diter Sues, Emi Muyr va Ian Batler kabi olimlar tomonidan turkumga „Timurlengia euotica“ nomi berilgan. „Timurlengia“ nomi Temuriylar imperiyasi asoschisi, sarkarda Amir Temur sharafiga nomlangan.

Tavsifi

Ushbu turkumga kiruvchi dinozavrlarning uzunligi oʻrtacha 3-4 metrni tashkil etgan boʻlib, vazni 170-270 kg atrofida boʻlgan. Ichki quloqlari (auris interna) yaxshi rivojlangan boʻlib, juda past ovozlarni yaxshi yaxshi darajada eshitgan. Filogenezi Timurlengia turkumi tirannozavroidlar oilasiga mansub boʻlib, xiongguanlong turkumiga yaqin hisoblangan. Bundan 90 million yillar oldin yashagan boʻlib, Boʻr davrining kechki bosqichida qirilib ketgan. Timurlengia kashf etilishidan oldin, yirik yirtqich tirannozavrlar hamda kichik tirannozavrlar o'rtasida hajm jihatidan aniqlanmagan bo'shliq bo'lgan. Olimlar timurlengia turkumini kashf etishganidan so'ng, oraliq turkum sifatida qayd etilgan. Klassifikatsiyasi

Manbalar

Turkum:Dinozavrlar Turkum:Biologiya