thumb|300px|right|Abdulloh nomidan zarb qilingan tanga. Abdulloh ibn Hurdodbeh () Abbosiylar xalifaligining forsiy generali va noibi.
Abdulloh islomni qabul qilgan xurosonlik zardushtiy Xordadbehning oʻgʻli. -yilda Abdulloh Tabariston noibi lavozimida boʻlib, mahalliy Bavandiy hukmdor Sharvin I qoʻlidan Tabaristonning togʻli hududlarini tortib olgan. Xuddi shu yili Daylamga yurish qildi. Hududdagi ikki shaharni bosib olib, Daylam hukmdori Abu Layloni asir oldi. 817-yilda Eron shahzodasi Mazyorning Tabaristondan qochib, Abbosiy xalifa al-Maʼmun huzuriga yetib borishiga yordam bergan. Abdulloh fors musiqachisi Isʼhoq al-Mavsiliy bilan doʻst boʻlgan.
Abdulloh haqida koʻp narsa maʼlum emas. Uning Abulqosim Ubaydulloh ismli oʻgʻli boʻlib, Ibn Hurdodbeh nomi bilan mashhur boʻlgan. Ibn Hurdodbeh 820-yilda Xurosonda tugʻilib, Bagʻdodda ulgʻaygan. Ehtimol, bu vaqtda Abdulloh ham Bagʻdodda istiqomat qilgan. Shundan soʻng Abdulloh manbalarda eslanmagan. 9-asrning nomaʼlum yilida vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:9-asrda vafot etganlar Turkum:Tabaristonning Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:9-asr eroniylari Turkum:9-asr generallari