„Water, Technology and the Nation-State“ () – suv, texnologiya va davlat boʻyicha Filippo Menga va Erik Swyngedouw muharrirligida chop etilgan kitob. Bir necha muallif yozgan kitob 2018-yil „Routledge“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplam mualliflari, umuman olganda, koʻrib chiqilgan masalalarni sotsial konstruksionizm nuqtayi nazaridan tahlil qilgan. Asar tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.

Kitob 24 nafar muallif yozgan 13 bobdan iboratdir. Toʻplamdan suv boʻyicha turli mamlakatlardagi turli keyslar oʻrin olgan boʻlib, keyslar Gʻarbdan Sharqqa tomon yurish tartibida keltirilgan.

Toʻplam tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Kembrij universiteti xodimi Lucy Goodman toʻplamdagi keyslar turli-tuman ekanligi va ularda suv, suv infratuzilmalari va davlat masalalariga yangicha yondashilganini olqishladi. Ayni damda, toʻplam boblarini yozgan 24 muallifning atigi uch nafari ayol kishi ekanligi uning kamchiligi ekanligini taʼkidladi. Kassel universiteti xodimi Sören Köpke ham kitobning koʻlami kengligini olqishladi. Ayni damda, mualliflar muayyan pozitsiyalarni aniq tanlamaganini tanqid qildi.

Manbalar

Havolalar „Water, Technology and the Nation-State“ Routledge nashriyoti saytida

Turkum:Antropologiya boʻyicha kitoblar Turkum:Sotsiologiya boʻyicha kitoblar Turkum:Rivojlanish boʻyicha kitoblar Turkum:Hamkorlikda yozilgan noadabiy kitoblar