Irina Erikivna Bekeshkina (; 1952-yil 4-fevral – 2020-yil 20-mart) ukrainalik sotsiolog. U 2010-yildan 2020-yilgacha Ilko Kucheriv nomidagi Demokratik tashabbuslar jamgʻarmasirahbari boʻlib ishlagan. Bekeshkina ukraina jamiyati va siyosatini oʻrganish bilan shugʻullangan. Shuningdek, u ommaviy axborot vositalarida sharhlovchi va siyosiy maslahatchi sifatida ishtirok etgan.
Hayoti 1974-yilda Bekeshkina Taras Shevchenko nomidagi Kiyev davlat universitetini falsafa yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Keyin u SSSR Fanlar akademiyasi huzuridagi Falsafa institutida aspiranturani muvaffaqiyatli yakunlagan.
Irina Bekeshkina Ukraina yetakchi falsafiy jurnallaridan biri boʻlgan „Filosofska dumka“ („Falsafiy fikr“) jurnalining ilmiy muharriri lavozimida ishlagan. 1977-yilda u SSSR Fanlar akademiyasida ilmiy xodim sifatida ish boshlagan, 1990-yildan esa Ukraina Milliy fanlar akademiyasi Sotsiologiya institutida ilmiy tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan.
Irina Bekeshkina 1996-yilda Ilko Kucheriv nomidagi Demokratik tashabbuslar jamgʻarmasida ish boshladi. U yerda u asosan siyosat va saylovlar sotsiologiyasiga oid tadqiqotlar olib borgan va ilmiy ishlarini nashr ettirgan. Uning asosiy ilmiy qiziqishlari Ukraina siyosatiga bagʻishlangan edi.
2010-yilda Irina Bekeshkina Demokratik Tashabbuslar jamgʻarmasi rahbari etib tayinlangan va vafotigacha (2020-yilgacha) ushbu tashkilotni boshqargan. Shuningdek, u „Ukrainian Think Tanks Liaison Office“ (Ukraina tahlil markazlarini muvofiqlashtirish byurosi) kengashi aʼzosi boʻlgan, shu bilan birga Media Director nodavlat tashkiloti (Ukraina OAVlarini kuzatuvchi tashkilot) bilan hamkorlik qilgan.
2007-yilda Focus jurnali Irian Bekeshkinani Ukraina davlatidagi 38-eng nufuzli ayol deb eʼlon qilgan, 2008-yilda esa 51-oʻrinni egalladi. Jurnal bu reytinglarni tushuntirishda uning siyosiy axborot va Ukraina tashqi siyosatini oʻrganish sohasidagi ommaviy ishlarini asos qilib koʻrsatgan. Irina Bekeshkina 2018 va 2020-yillarda u HB jurnali tomonida tuzilgan „Ukrainaning 100 ta eng muvaffaqiyatli ayollari“ roʻyxatiga ham kiritilgan.
2020-yil 20-mart kuni Irina Bekeshkina Kiyevda oshqozon saratoni kasalligidan vafot etgan.
2022-yil noyabr oyida Ukraina poytaxti Kiyevda „derusifikatsiya“ (rus taʼsirini kamaytirish) dasturi doirasida Dmitriy Karbishev koʻchasi Irina Bekeshkina koʻchasi deya qayta nomlandi.
Mukofotlari
Ukraina Milliy Fanlar Akademiyasining katta ilmiy xodimi
Manbalar