Vardanakert jangi – 703-yilning yanvar oyida arab garnizoni hamda armanlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Arman shahzodasi Smbat VI Bagratuni Naxichevandagi 5000 kishilik Umaviylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Kutilmaganda raqib hujumiga uchragan arablar Araz daryosiga qochib, oʻsha yerda choʻkib ketgan yoki sovuqdan halok boʻlgan. Vizantiya hukumati tomonidan hokim etib tayinlangan Smbat Armanistonning katta qismini qayta zabt etishga va arablarni mamlakatdan quvib chiqarishga muvaffaq boʻlgan.

Oqibati Oradan koʻp oʻtmay, Umaviy sarkardalari Muhammad ibn Marvon va Maslama ibn Abdulmalik Armanistonni yana tobe qilgan. 704-yilda musulmonlar nazoratini mustahkamlash maqsadida Naxichevan soborida arman zodagonlarini ommaviy qirgʻin qilishgan va soborni yoqib yuborishgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar