XO (shuningdek XO Records nomi bilan ham tanilgan) – kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd, uning menejerlari Wassim Slaiby va Amir „Cash“ Esmailian hamda uning ijodiy direktori La Mar Taylor tomonidan tashkil etilgan musiqiy leybl. Slaiby ayni paytda kompaniya bosh direktori (CEO) hisoblanadi. 2012-yildan boshlab, u Universal Music Group tarkibida faoliyat yuritadi va Republic Records orqali tarqatiladi.
Leybl hozirda quyidagi ijodkorlar bilan ishlaydi: The Weeknd, Belly, Nav va Chxrry22. Leybldan chiqqan yettita albom Billboard 200 reytingida birinchi oʻrinda debyut qilgan: Beauty Behind the Madness, Starboy, My Dear Melancholy, Bad Habits, After Hours, Good Intentions va Hurry Up Tomorrow.
Tarixi 2011-yilda The Weeknd, Wassim Slaiby, Amir Esmailian va La Mar Taylor XO leyblini norasmiy tarzda tashkil etishdi, bu orqali The Weekndning uchta miksteypi – House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence – chiqarildi. Ushbu relizlar The Weekndga ommaviy tanilish va yirik nashrlar tomonidan eʼtirof keltirdi, shuningdek, turli chiqishlar, qoʻshiqlardagi eslatmalar va biznes loyihalar orqali leyblning obroʻsining oshishiga hissa qoʻshdi.
„XO“ iborasi ekstazi va oksikontin dori vositalarining qisqartmasi hisoblanadi. The Weeknd oʻz faoliyatining dastlabki davrlarida baʼzida giyohvand moddalar taʼsirida musiqa yozganini aytgan va „Mening birinchi albomimda yetti daqiqa davom etadigan qoʻshiqlar bor edi“ deb qoʻshimcha qilgan.
The Weeknd 2012-yilda Republic Records bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, XO rasmiy ravishda shoʻba leyblga aylandi. 2015-yilda rep ijrochilari Belly va Derek Wise XO leybliga qoʻshildi. 2016-yilda reper Nav leybl tarkibiga kiritildi. 2017-yilda XO, 88Glam nomli hip-hop duetining mustaqil tarzda chiqarilgan 88Glam miksteypidan soʻng, ularni shartnoma asosida qabul qildi. Biroq, duet 2020-yilda leybldan ketdi. 2018-yilda qoʻshiqchi Black Atlass leybldan joy oldi, ammo 2022-yilda uni tark etdi. 2022-yilda Chxrry22 leybl bilan shartnoma imzolab, XO ga qoʻshilgan birinchi ayol ijrochi boʻldi.
2018-yil 6-iyun kuni The Weeknd Apple Music 1 orqali oʻzining Memento Mori nomli yangi radiokoʻrsatuvini eʼlon qildi. Ushbu koʻrsatuv XO leybliga tegishli boʻlib, birinchi epizodi 2018-yil 8-iyunda efirga uzatildi. Unda The Weeknd musiqiy faoliyatiga taʼsir qilgan qoʻshiqlardan iborat aralashmani ijro etgan. Koʻpincha u XO jamoasidagi doʻstlarini hamda boshqa musiqachilarni ham mehmon sifatida chaqirgan, ular esa oʻz epizodlarini olib borib, oʻz musiqiy didlarini baham koʻrganlar. Har bir epizod odatda 2–3 soat davom etadi.
Tarkibi
Hozirgi ijrochilar IjrochiQoʻshilgan yiliLeybl ostidagiishlari soniThe WeekndTaʼsischi12Belly20157Nav20167Chxrry2220222
Sobiq ijrochilar IjrochiAʼzo boʻlgandavriLeybl ostidagiishlari soni88Glam2017–20202Black Atlass2018–20222
Doimiy prodyuserlar IjrochiYilIllangelo2011DaHeala2013DannyBoyStyles2013Belly2013Nav2016
Diskografiya XO leybli rasmiy tarzda oʻn uchta studiyaviy albom, toʻrtta EP (mini albom) va (ikkita eng sara xitlar albomini oʻz ichiga olgan) toʻrtta toʻplam albom chiqargan. Norasmiy tarzda esa leybl oʻn uchta miksteyp taqdim etgan.
Studiyaviy albomlar YilAlbom haqidaBoshqa maʼlumotlar2013The Weeknd – Kiss Land Chiqarilgan: 2013-yil 10-sentabr Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, vinil, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #2 U. S. RIAA sertifikati: Oltin2015The Weeknd – Beauty Behind the Madness Chiqarilgan: 2015-yil 28-avgust Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, vinil, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #1 U. S. RIAA sertifikati: 4× Platina2016The Weeknd – Starboy Chiqarilgan: November 25, 2016-yil 25-noyabr Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, vinil, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #1 U. S. RIAA sertifikati: 3× Platina2018Nav – Reckless Chiqarilgan: 2018-yil 18-may Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #8 U. S. RIAA sertifikati: OltinBlack Atlass – Pain and Pleasure Chiqarilgan: 2018-yil 12-iyul Leybl: XO, Republic Formatlar: yuklab olish Chartdagi oʻrin: yoʻq RIAA sertifikati: yoʻqBelly – Immigrant Chiqarilgan: 2018-yil 12-oktabr Leybl: XO, Roc Nation, Republic Formatlar: CD, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #169 U. S. RIAA sertifikati: yoʻq88Glam – 88Glam2 Chiqarilgan: 2018-yil 16-noyabr (dastlabki), 2019-yil 5-aprel (2.5) Leybl: XO, Republic Formatlar: yuklab olish Chartdagi oʻrin: yoʻq RIAA sertifikati: yoʻq2019Nav – Bad Habits Chiqarilgan: 2019-yil 22-mart Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, vinil, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #1 U. S. RIAA sertifikati: Oltin2020The Weeknd – After Hours Chiqarilgan: 2020-yil 20-mart Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, vinil, kasseta, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #1 U. S. RIAA sertifikati: 2× Platina88Glam – Close to Heaven Far from God Chiqarilgan: 2020-yil 17-aprel Leybl: XO, Republic Formatlar: yuklab olish Bekor qilingan, leybldan ketgach mustaqil tarzda chiqarilgan.Black Atlass – Dream Awake
Chiqarilgan: 2020-yil 3-aprel Leybl: XO, Republic Formatlar: yuklab olish Chartdagi oʻrin: yoʻq RIAA sertifikati: yoʻqNav – Good Intentions
Chiqarilgan: 2020-yil 8-may Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, vinil, kasseta, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #1 U. S. RIAA sertifikati: yoʻq2021Belly – See You Next Wednesday
Chiqarilgan: 2021-yil 27-avgust Leybl: XO, Roc Nation Formatlar: yuklab olish Chartdagi oʻrin: #191 U. S. RIAA sertifikati: yoʻq2022The Weeknd – Dawn FM Chiqarilgan: 2022-yil 7-yanvar Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, vinil, kasseta, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #2 U. S. RIAA sertifikati: yoʻqNav – Demons Protected by Angels Chiqarilgan: 2022-yil 9-sentabr Leybl: XO, Republic Format: CD, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #2 U. S. RIAA sertifikati: yoʻq2025The Weeknd – Hurry Up Tomorrow Chiqarilgan: 2025-yil 31-yanvar Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, vinil, kasseta, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #1 U. S. RIAA sertifikati: TBA
Mini-albomlar YilMini-albom haqidaBoshqa maʼlumotlar2018The Weeknd – My Dear Melancholy, Chiqarilgan: 2018-yil 29-mart Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #1 U. S. RIAA sertifikati: yoʻq2019Nav – Brown Boy
Chiqarilgan: 2019-yil 14-mart Leybl: XO, Republic Format: raqamli yuklab olish Chartdagi oʻrin: yoʻq RIAA sertifikati: yoʻq2022Chxrry22 – The Other Side Chiqarilgan: 2022-yil 28-sentabr Leybl: XO, Republic Format: raqamli yuklab olish Chartdagi oʻrin: yoʻq RIAA sertifikati: yoʻq2023Chxrry22 – Siren Chiqarilgan: 2023-yil 27-oktabr Leybl: XO, Republic Format: raqamli yuklab olish Chartdagi oʻrin: yoʻq RIAA sertifikati: yoʻq
Toʻplamlar YilAlbom haqidaBoshqa maʼlumotlar2012The Weeknd – Trilogy Chiqarilgan: 2012-yil 13-noyabr Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #4 U. S. RIAA sertifikati: 3× Platina2018The Weeknd – The Weeknd in Japan Chiqarilgan: 2018-yil 21-noyabr (Yaponiya) Leybl: XO, Republic, Universal Music Japan Formatlar: CD, yuklab olish Chartdagi oʻrin: uncharted RIAA sertifikati: yoʻq2021The Weeknd – The Highlights Chiqarilgan: February 5, 2021-yil 5-fevral Leybl: XO, Republic Formatlar: CD, yuklab olish Chartdagi oʻrin: #2 US RIAA sertifikati: yoʻq2023The Weeknd – Live at SoFi Stadium Chiqarilgan: March 3, 2023-yil 3-mart Leybl: XO, Republic Formatlar: yuklab olish Chartdagi oʻrin: yoʻq RIAA sertifikati: yoʻq
Miksteyplar YilAlbom haqida2011The Weeknd – House of Balloons Chiqarilgan: 2011-yil 21-mart Leybl: XO Formatlar: yuklab olishThe Weeknd – Thursday Chiqarilgan: 2011-yil 18-avgust Leybl: XO Formatlar: yuklab olishThe Weeknd – Echoes of Silence Chiqarilgan: 2011-yil 21-dekabr Leybl: XO Formatlar: yuklab olish2015Belly – Up For Days Chiqarilgan: 2015-yil 7-may Leybl: XO, Roc Nation Formatlar: yuklab olish2016Belly – Another Day in Paradise Chiqarilgan: 2016-yil 27-may Leybl: XO, Roc Nation Formatlar: yuklab olishBelly – Inzombia Chiqarilgan: 2016-yil 11-noyabr Leybl: XO, Roc Nation Formatlar: yuklab olish2017Nav – Nav Chiqarilgan: 2017-yil 24-fevral Leybl: XO, Republic Formatlar: yuklab olishNav and Metro Boomin – Perfect Timing Chiqarilgan: 2017-yil 21-iyul Leybl: Boominati, XO, Republic Formatlar: yuklab olishBelly – Mumble Rap Chiqarilgan: 2017-yil 6-oktabr Leybl: XO, Roc Nation Formatlar: yuklab olish88Glam – 88Glam Chiqarilgan: 2017-yil 16-noyabr (dastlabki) 2018-yil 20-aprel (qayta reliz) Leybl: mustaqil tarzda (dastlabki) XO, Republic (qayta reliz) Formatlar: yuklab olish2020Nav – Brown Boy 2 Chiqarilgan: 2020-yil 11-may Leybl: XO, Republic Formatlar: yuklab olishNav – Emergency Tsunami Chiqarilgan: 2020-yil 6-noyabr Leybl: XO, Republic Formatlar: yuklab olish2023Belly – Mumble Rap 2 Chiqarilgan: 2023-yil 19-may Leybl: XO, Roc Nation Formatlar: yuklab olish
Manbalar
Turkum:Republic Records