Matthew Calbraith Perry (; 1794-yil 10-aprel, Nyuport, Rod-Aylend, AQSH – 1858-yil 4-mart, Nyu-York, Nyu-York, AQSH) – amerikalik harbiy va siyosiy arbob, ofitser va AQSH dengiz floti kommodori. Angliya-Amerika (1812—1815), Ikkinchi Berber (1815) va Amerika-Meksika urushlarida (1846—1848) qatnashgan. AQSh Qurolli Kuchlarining islohotchilaridan biri boʻlib, shuning uchun „AQSH paroxodlar flotining otasi“ laqabini olgan. Harbiy eskadra boshchiligida Yaponiyada (1852—1854) muvaffaqiyatli diplomatik missiya oʻtkazgan, uning maqsadi mamlakatni tashqi savdo uchun ochish boʻlgan. Syogunlik hukumati bilan Yaponiya va AQSH oʻrtasidagi ikki yuz yillik Sakoku siyosatiga chek qoʻygan birinchi shartnoma – Kanagava shartnomasini imzoladi. Amerika tarixshunosligida anʼanaviy ravishda Yaponiyani Gʻarb dunyosiga ochgan shaxs oʻlaroq koʻriladi. Manbalar
Havolalar
"China Through Western Eyes." Black Ships & Samurai Commodore Perry and the Opening of Japan (1853-1854), by John W Dower A short timeline of Perry's life Perry Visits Japan: A Visual History Kitahara, Michio. Commodore Perry and the Japanese: A Study in the Dramaturgy of Power, 1986 Narrative of the Expedition of an American Squadron to the China Seas and Japan, by M.C. Perry, at archive.org