Solomiya KrushelnitskaUning ismi baʼzan Solomiya Ambrosiyivna Krushelnitska, Salomea Krusceniski, Krushel’nitska yoki Kruszelnicka shaklida ham yoziladi. (; 1872-yil 23-sentyabr – 1952-yil 16-noyabr) – ukrainalik lirik-dramatik soprano, 20-asrning birinchi yarmidagi eng yorqin opera yulduzlaridan biri hisoblanadi.
U hayoti davomida dunyoning eng mashhur qoʻshiqchisi sifatida tan olingan. Uning koʻplab mukofotlari va unvonlari orasida 20-asrning „Vagner divasi“ nomi ham bor. U Puccinining „Madama Butterfly“ operasini La Scaladagi muvaffaqiyatsiz debyutidan qutqargani bilan mashhur. Operaning Bresciada Krushelnitska bosh rolda ijro etgan yangi versiyasi katta muvaffaqiyat qozongan. Enrico Caruso, Titta Ruffo va Fedor Chaliapin kabi buyuk ijodkorlar bilan bir sahnada rol ijro etish uning uchun sharaf boʼlgan. Italiyalik bastakor Giacomo Puccini qoʻshiqchiga oʻzining „Eng goʻzal va jozibali Butterfly“ deb yozilgan portretini sovgʻa qilgan.
Hayoti
Yoshlik yillari va taʼlimi Solomiya Krushelnitska 1872-yilda Avstriya-Vengriya (hozirgi Ukraina)ning Bielavińce qishlogʻida tugʻilgan. 1878-yilda uning otasi, ukrainalik pravoslav ruhoniy Amvrosii Krushelnitskiy (Gazeta Lwowska, 14 December 1854, no. 285, p. 1137.), oilasi bilan Ternopil yaqinidagi Bila qishlogʻiga kelib joylashgan.
Solomiyadan tashqari, bu zodagon oilada uning onasi Teodora Maria (Savchinskadan, vafoti 1907-yil), besh opa-singil (Olga, Osipa, Hanna, Emilia va Maria) va ikki akasi (Anton va Volodimir) birgalikda yashashgan.
Ternopolda taʼlim U yoshligidan qoʻshiq aytishni boshlagan. U Ternopol klassik gimnaziyasida musiqa asoslarini oʻrgangan. 1883-yilda Shevchenko kontsertida birinchi marotaba jamoat oldida chiqish qilgan.
Lvov konservatoriyasidagi taʼlimi 1891-yilda Solomiya Krushelnitska Lvov konservatoriyasiga oʻqishga kirgan. 1893-yilda u professional debyutini „La favorite“ operasida Leonora roli bilan ijro etgan.
Faoliyati Krushelnitska 1893-yildan boshlab Lvov operasida chiqishlar qila boshlagan. 1904-yilda u Puccinining „Madama Butterfly“ operasini rivojlantirib, uning yangi versiyasida bosh rolni ijro etgan va bu tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan.
1910-yilda u italiyalik advokat Alfredo Cesare Augusto Riccioni bilan turmush quradi. 1920-yilda u operani tark etadi, lekin kontsertlar berishda davom etgan.
1939-yilda erining oʻlimidan soʻng, u Lvovga qaytib kelgan. Ikkinchi jahon urushi davrida u shaharda qolib ketadi va Sovet hukumati tomonidan uyidan mahrum qilingan. 1951-yilda u „Ukrainaning xizmat koʻrsatgan artisti“ unvoniga sazovor boʻlgan. Solomiya Krushelniska 1952-yil 16-noyabrda vafot etgan va Lvovdagi Lichakiv qabristoniga dafn qilingan.
Merosi Lvov opera va balet teatri uning nomi bilan ataladi. 1982-yilda uning hayotiga bagʻishlangan „Kapalakning qaytishi“ filmi suratga olingan. 1997-yilda Ukraina Milliy banki uning sharafiga 2 grivnalik esdalik tangasini chiqardi. Lvov va Ternopolda uning haykallari oʻrnatilgan.
Galereya
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar Celletti, Rodolfo (1992), 'Kruscelnitska, Salomeaʼ in The New Grove Dictionary of Opera (London)
Havolalar
Lvov operasidagi sahifasi Lvovdagi muzeyi