Joʻra ( — teng, oʻrtoq, doʻst) — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Davlat arboblari
Joʻra Amin — Buxoroda faoliyat koʻrsatgan qoʻrboshilardan biri;
Joʻra Hasanov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi; Joʻra Noraliyev — oʻzbekistonlik davlat arbobi; Joʻra Xonazarov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi; Joʻrabek — Buxoro amirligi tarkibidagi Kitob begi (1862—1870), harbiy arbob, maʼrifatparvar, rus armiyasi generali; Joʻrabek Mirzamahmudov — oʻzbekistonlik davlat va siyosiy arbobi; Joʻrabek Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi.
Fan arboblari
Joʻra Abdullayev — axborot texnologiyalari sohasidagi sovet va oʻzbek olimi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor; Joʻra Abdurasulov — rentgenolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Joʻra Fozil — oʻzbekistonlik jurnalist, yozuvchi va tarjimon; Joʻra Gʻoyibov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi; Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Joʻra Karimov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi; Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Joʻra Musayev — genetik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor; Joʻra Saidov — botanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor; Joʻra Yoʻldoshev — pedagogika fanlari doktori, professor; Joʻra Yoʻldoshev (oʻqituvchi) — oʻzbekistonlik oʻqituvchi; Joʻraqul Aliqulov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi; Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Joʻraqul Sattorov — agrokimyogar, tuproqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi.
Sanʼat arboblari
Joʻra Mahmudov (sanʼat arbobi) — oʻzbekistonlik rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi; Joʻra Teshaboyev — kinoshunos, ssenariychi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor; Joʻra Tojiyev — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti; Joʻraxon Rahmonov — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist; Joʻraxon Sultonov — xonanda, bastakor, Oʻzbekiston xalq hofizi, „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni sohibi; Joʻraxon Yusupov — xonanda, sozanda (gʻijjak, skripka). Oʻzbekiston xalq hofizi.
Sportchilar
Joʻrabek Hamroqulov — oʻzbekistonlik shaxmatchi, grossmeyster (2018); Joʻrabek Joʻrayev — oʻzbekistonlik futbolchi; Joʻrabek Mannonov — oʻzbekistonlik futbolchi; Joʻrabek Murodov — taniqli tojik qoʻshiqchisi, bastakori va shoiri; Joʻrabek Nabiyev — xonanda (lirik tenor), bastakor, aktyor. Tojikiston xalq artisti.
Xarbiy arboblar
Joʻra Mahmudov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1-Belorussiya fronti, 7-gvardiyachi otliq askarlar korpusi, 15-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasining gvardiyami serjanti; Joʻraqul Toʻrayev — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 46-yengil artilleriya brigadasi, 1007-polki, 2-batareyasining toʻp navodchigi, kichik serjant; Joʻraxon Usmonov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, katta serjant.
Boshqalar
Joʻra Saidov — sobiq quloq. Stalin davri qatagʻoni qurboni boʻlgan.
Familiyalar
Joʻrayev Joʻrayeva
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha uniseks ismlar