thumbnail|200px|Xalqni yoʻllatuvchi erkinlik, Ejen Delakrua, 1830-yil, Luvr

Liberalizm () — odamlarning oʻzini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya. Liberalizm XVII-XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon Lokk, Adam Smit, Sharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm gʻoyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda „Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi“da (1789) mujassam boʻlgan. XIX asr va XX asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquqlari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozir liberalizm gʻoyalariga koʻra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogʻda bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. XX asr oxirida liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya gʻoyalari bir-biriga yaqinlashdi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Liberalizmning asosiy prinsiplari

Mukammal liberal jamiyat bu har kim uchun erkin harakat qilish imkoniyatini beruvchi, muhim siyosiy maʼlumotlar bilan erkin almashuvchi, davlat va din hokimiyatini cheklovchi, qonun ustivorligini taʼminlovchi, shaxsiy mulk va erkin tadbirkorlik mavjud jamiyatdir. Liberalizm jamiyat, davlat, hayot tarzi uchun asos boʻlgan koʻpgina eski dunyoqarashlarni bekor qildi. Jumladan, hukmdorlarning ilohiy huquqlari va dinning yagona bilim manbai kabi holatlardan voz kechildi. Liberalizm fundamental prinsiplari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: har kim uchun yashash, shaxsiy erkinlik va mulk egaligi huquqi; qonun oldida hammaning tengligi; erkin bozor iqtisodiyoti; erkin va rost saylovda tanlanuvchi hukumat; davlat boshqaruvining oydinligi. Shu bilan birga hukumatning asosiy funktsiyasi ushbu holatlarni taʼminlashdan iboratdir. Zamonaviy koʻrinishda liberalizm kamchilikning huquqlarini himoya qiluvchi, plyuralizm va demokratik boshqaruvga asoslangan ochiq jamiyatni koʻzda tutadi. Baʼzi zamonaviy nuqtai nazarlarda davlat boshqaruvini kengaytirish mumkin deb qaraladi. Buning sababi fuqarolarning oʻz imkoniyatlarida tengligini, maʼlumot olishi va foyda koʻrishidagi farqni qisqartirishni taʼminlashdan iboratdir. Bunday qarash tarafdorlari davlat oʻz majburiyatlarini bajarishida barchaning muvaffaqiyatini taʼminlashi lozimligini koʻrsatishadi. Jumladan ishsizlarga yordam berish, boshpanasizlar uchun joy berish va tekin tibbiy xizmat koʻrsatish davlat majburiyatlaridan biridir.

Liberallarning qarashlariga binoan hukumat oʻz qaramogʻidagi insonlarning qiziqishlarini koʻzda tutib faoliyat koʻrsatishi lozim, davlatning siyosiy boshqaruvi koʻpchilikning roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Hozir liberallarning talablariga eng yaqin davlat boshqaruv tizimi liberal demokratiyadir.

Koʻrib chiqish Etimologiya va tarixiy ishlatilishi "Liberal" soʻzi („erkin“) degan soʻzdan kelib chiqadi. Tit Liviy „Rim shahri asoslanishi vaqtidan tarixi“ kitobida plebeylar va patritsiylar orasidagi sinflararo erkinlik uchun kurashni eslatib oʻtadi. Mark Avreliy oʻzining „Fikr yuritishlarida“ „barcha uchun teng qonun qabul qilingan, barchaning tengligi tan olingan va soʻz erkinligi mavjud davlat; shuningdek, avvalambor oʻz qoʻl ostidagi xalq erkinligini qadrlovchi mamlakat“ haqida soʻz olib boradi. Italiyada renessans davrida ushbu kurash mustaqil shahar-davlatlar va Rim Papasi orasida koʻtarila boshladi. Nikolo Makiavelli „Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida oʻylar“ asarida respublikancha boshqaruv prinsiplarini taʼriflaydi. Angliyada Jon Lokk va Fransiyada maʼrifatparvarlar erkinlik uchun kurashni inson huquqlari tushunchasi asosida taʼriflashdi. thumbnail|left|200px|Fransiya respublikasi davlat muxri. Boshdan yogʻuvchi nur qadimgi yunon xudosi Geliosdan olingan. AQSH mustaqilligi uchun urush natijasida liberal davlat haqidagi qarashlarga tayangan dastlabki konstitutsiya ishlab chiqildi. Bunda ayniqsa davlat boshqaruvi doim boshqariluvchilar roziligi bilan amalga oshirilishiga urgʻu berildi. Fransiya burjuaziyasi ham buyuk fransuz revolyutsiyasi vaqtida liberal prinsiplarga tayanuvchi hukumat yaratishga harakat qildi. „Liberal“ soʻzining siyosiy yoʻnalish tarafdorlariga nisbatan, dastlab, absolyutizmga qarshi boʻlgan Ispaniya (1812 y.) konstitutsiyasi mualliflari ishlatgan boʻlishi kerak. XVIII asrdan boshlab liberalizm deyarli barcha rivojlangan davaltlarda asosiy gʻoyaga aylandi.

Liberal fikrlarni amalga oshirishdagi dastlabki harakatlar qisman natija berardi, baʼzida umuman qarama-qarshi holatlarga olib kelardi (masalan, diktaturalarning paydo boʻlishi). Tenglik va erkinlik shiorlaridan avantyristlar foydalanishardi. Liberalizmni turlicha talqin qiluvchilar orasida jiddiy baxslar yuzaga kelardi. Urushlar, inqiloblar, iqtisodiy inqirozlar gʻoyalarga ishonchni yoʻqotardi. Shu kabi sabablar tufayli liberalism turli davrlarda turlicha talqin qilindi. Vaqt oʻtishi bilan barcha qarashlar tartiblashtirildi va natijada eng keng tarqalgan davlat boshqaruv tizimlaridan biri — liberal demokratiya yuzaga keldi.

Liberalizm shakllari Dastlab liberalizm barcha huquqlar jismoniy va yuridik shaxslar qoʻlida boʻlishi kerak, davlat esa shu huquqlarni himoya qilish uchun mavjud boʻlishi lozim degan holatdan kelib chiqardi (klassik liberalizm). Zamonaviy liberalizm klassik talqin chegaralarini ancha kengaytirdi va hozir koʻpgina oqimlarni oʻz ichiga oladi. Bu oqimlar orasida qarama-qarshiliklar va hatto toʻqnashuvlar mavjud. Bu oqimlar, jumladan „Inson huquqlari deklaratsiyasida“ koʻrsatib oʻtilgan. Atamalarni aniqlashtirish maqsadida ushbu maqolada „siyosiy liberalizm“ — demokratiya uchun va absolyutizm yoki avtoritarizmga qarshi kurash; „iqtisodiy liberalizm“ — shaxsiy mulk egaligi uchun va davlat boshqaruviga qarshi harakat; „madaniy liberalizm“ — shaxs erkinligini himoya qilish va unga vatanparvarlik yoki diniy dunyoqarash tomonidan hiyonat qilmaslik; „ijtimoiy liberalizm“ — imkoniyatlarning tengligi va iqtisodiy ekspluatatsiya qarshi maʼnolarida ishlatiladi. Zamonaviy liberalizm rivojlangan davlatlarda barcha liberalizm shakllarini qoʻshilishidan iboratdir. Uchinchi dunyo davlatlari orasida asosan sogʻlom yashash muhiti va kolonializmga qarshi „ogʻalik liberalizmi“ keng tarqalgan.

Siyosiy liberalizm Siyosiy liberalizm — alohida shaxslar qonun va jamiyat asosi xisoblanadi, ijtimoiy institutlar individuumlarni real hokimiyat bilan taʼminlash uchun mavjud deb taʼkidlovchi qarash. Angliyaning Buyuk erkinlik xartiyasi (1215-yil) baʼzi shaxs huquqlarining monarxdan kengroq doirada qoʻllanishi namunasidir. Bunda asosiy holat ijtimoiy shartnomadan iboratdir. Unga binoan, fuqarolar oʻzlari qonun yaratishadi va oʻzlari shu qonunga boʻy sunishadi. Qonun ustuvorligiga alohida urgʻu beriladi. Zamonaviy liberalizm, shuningdek, jinsi, ijimoiy kelib chiqishi, millati, eʼtiqodi va xokazolardan qatʼiy nazar ovoz berish huquqini oʻz ichiga oladi.

Iqtisodiy liberalizm Iqtisodiy yoki klassik liberalizm mulk egaligi huquqi va shartnoma erkinligini himoya qiladi. Bu liberalizm shaklining shiori „erkin xususiy korxonadir“. Davlatni aralashmaslik prinsipiga (laissez-faire) asoslangan kapitalizm muqobil deb bilinadi, bunda davlat subsidiyasi va savdo uchun yuridik cheklanuvlarni bekor qilish koʻzda tutiladi. Iqtisodiy liberallar bozor davlat boshqaruviga muxtoj emas deb taʼkidlashadi. Ularning baʼzilari davlat monopoliya va kartellarni nazorat qilishi mumkin desa, boshqalar monopoliyalar aynan davlat faoliyati tufayli yuzaga keladi deyishadi. Iqtisodiy liberalizm tovar va xizmatlar narxi individuumlarning erkin tanlovi, yaʼni bozor kuchlari bilan shakllanishi lozim deb taʼkidlashadi. Baʼzilar bozor kuchlarini xavfsizlik yoki sud tizimi kabi ananaviy davlat faoliyati doirasiga ham taʼsir oʻtkazishiga yoʻl qoʻyishadi. Iqtisodiy liberalizm, shartnomalar tuzishda yuzaga keladigan iqtisodiy tengsizlikni, raqobatning tabiiy natijasi deb qaraydi. Hozir liberalizmning bu shakli libertianlikda yaqqol namoyon boʻlgan. Boshqa koʻrinishlari monarxizm va anarxo-kapitalizmdir. (Qarang: neoliberalizm, liberalizatsiya).

Madaniy liberalizm Madaniy liberalizm eʼtiborini dastlab ong va hayot tarziga oid shaxs erkinligiga qaratadi; jins, eʼtiqod, akademik erkinlik, davlatni shaxsiy ishga aralashishidan homoyalash kabi muammolarni oʻz ichiga oladi. Jon Styuart Mill oʻzining „Erkinlik haqida“ essesida quyidagini taʼkidlaydi: „Odamalrning mustaqil yoki guruhda boʻlib boshqalarni faoliyatiga aralashishining yagona maqsadi — oʻz-oʻzini himoya qilishdir. Sivilizatsiyalashgan jamiyat aʼzosi ustidan hukm oʻtkazish faqat boshqalarga ziyon yetkazmaslik maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin“. Madaniy liberalizm u yoki bu darajada davlatning adabiyot va san'at, ilmiy guruhlar faoliyati, qimor o'yinlar, fohishabozlik, jinsiy aloqaga kirish yoshi, abort, kontratseptiv vositalardan foydalanish, evtanaziya, alkogol ichimliklar va giyohvand vositalar qabul qilish kabi sohalarni boshqarishiga eʼtiroz qilishadi. Xozirgi kunda Niderlandiya madaniy liberalizm eng yuqori darajasida boʻlgan davlat boʻlishi kerak…

Ijtimoiy liberalizm Ijtimoiy liberalizm XIX asr oxirida utilitarizm taʼsiri ostida yuzaga keldi. Baʼzi liberallar, toʻliq yoki qisman, marksizm va ijtimoiy ekspluatatsiya nazariyasini qabul qilishdi va davlat ijtimoiy adolatni tiklash uchun oʻz hokimiyatidan foydalanishi lozim degan xulosaga kelishdi. Jon Dyui va Mortimer Adler kabi baʼzi faylasuflar barcha individuumlar, jamiyat asosi sifatida, oʻz qobiliyatlarini amalga oshirish uchun maʼlumot olish, iqtisodiy imkoniyatlar, tashqi ziyon yetkazuvchi taʼsirlardan himoya kabi muhim extiyojlar bilan taʼminlanishi kerak deb koʻrsatishdi. Bunday jamiyat taʼminlovchi pozitiv huquq, aralashmaslikka asoslangan, negativ huquqdan tubdan farg qiladi. Ijtimoiy liberalizm tarafdorlari negativ huquqni adolatli amalga oshirish uchun fuqarolarga pozitiv huquqlar kafolati berilishi zarurdir deb taʼkidlashadi, chunki amalda kam taʼminlangan aholi yashab qolish maqsadida baʼzi huquqlaridan voz kechadi, sudlar esa boylar tomoniga yon bosadi. Ijtimoiy liberalizm iqtisodiy raqobatga baʼzi cheklanishlar kiritishni qoʻllab quvvatlaydi. U, shuningdek, hukumatdan qobiliyatlilar rivojlanishi uchun sharoit yaratish, bosh koʻtarishlarni oldini olish va umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun aholini (soliqlar yordamida) ijtimoiy himoya qilishini kutadi.

Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm orasida fundamental qarama-qarshilik mavjud. Iqtisodiy liberallar pozitiv huquqlar negativ huquqlarni buzilishiga olib keladi va, demak, ularga yoʻl qoʻyish mumkin emas deb xisoblashadi. Ular davlat funktsiyalarini asosan xavfsizlik, mudofa va sud hokimiyati bilan cheklangan deb koʻrishadi. Ijtimoiy liberallar esa davlatning asosiy funktsiyasi ijtimoiy himoyadan iborat va oʻz ichiga quyidagilarni oladi deyishadi: nochorlarni oziq-ovqat va boshpana bilan taʼminlash, tibbiy yordam, oʻrta taʼlim, nafaqa bilan taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, bolalar, nogironlar va keksalarga qarash, tabiiy ofat qurbonlariga yordam berish, kamchilikni himoya qilish, fan va sanʼatni himoya qilish. Bunday uslub hukumatga keng cheklanishlar qoʻyish imkoniyatini yoʻqotadi. Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm, garchi shaxsiy erkinlkka erishish boʻlgan yagona maqsadga intilsada, lekin uni amalga oshirish vositalarida tubdan farq qiladi. Oʻng va konservativ oqimlar iqtisodiy liberalizmga tayanib, madanaiy liberalizmga inkor qilishadi. Chap oqimlar, asosan, madaniy va ijtimoiy liberalizmga urgʻu berishadi.