„Curve“ – amerikalik repper Gucci Mane tomonidan ijro etilgan va kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd ishtirok etgan qoʻshiqdir. Prodyuser sifatida ham ishlagan Nav va FrostADX bilan birgalikda yozilgan bu qoʻshiq 2017-yil 13-sentabrda Gucci Manening oʻn birinchi studiyaviy albomi – Mr. Davis (2017) uchun promo-singl sifatida chiqarilgan.
Tarixi Gucci Mane qoʻshiqni 2017-yil 13-sentabr kuni Beats 1 da oʻzining Mr. Davis albomi uchun promo-singli sifatida ilk bor taqdim etdi. U Zane Lowega shunday degan edi: „Men The Weeknd va butun XO jamoasining katta muxlisiman va ularga hurmatim baland. Biz [telefon] raqamlarimizni almashdik va oʻzaro aloqa oʻrnatishni boshladik. Biz bir-birimizga treklar yuborar edik: men ularga qoʻshiqlar, ular esa menga bitlar yuborardi. Keyin esa bir kuni u menga Nav tomonidan ishlab chiqarilgan shu trekni yubordi. Bu goʻyoki ertaroq berilgan tugʻilgan kun yoki Rojdestvo sovgʻasidek edi“.
Kompozitsiyasi Qoʻshiq „gipnosik“ deb taʼriflangan boʻlib, u ijrochilarning „playboy“ uslubidagi (maishatga berilgan) hayot tarzlari haqida. The Weeknd birinchi kuplet va naqarotni ijro etib, maftunkor ayollar va ular bilan qisqagina vaqt oʻtkazib, soʻng hech qanday achinishsiz tashlab ketish haqida kuylaydi. Gucci Mane esa ikkinchi kupletda oʻzining katta obroʻsi bilan ayollarni oʻziga rom etishi haqida rep ijro etadi.
Musiqiy klipi Rasman musiqiy video 2017-yil 10-noyabrda taqdim etilgan. Videoga David Helman rejissyorlik qilgan boʻlib, oq-qora rangda suratga olingan va unda Gucci Mane hamda The Weeknd qorongʻu tor koʻchada tasvirlanadi. Video davomida kameraning burchagi asta-sekin burilib, ijrochilarning qoʻshiq aytayotgan va raqsga tushayotgan koʻplab klonlarini koʻrish mumkin.
Chartlar Chart (2017) Eng yuqorioʻrin (ARIA) 93
Sertifikatsiyasi + „Curve“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarQoʻshma Shtatlar (RIAA)Platina1,000,000
Manbalar
Turkum:2017-yil qoʻshiqlari Turkum:Gucci Mane qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar