Volodimir Grigorovich Rutkivskiy (; 1937-yil 18-aprel – 2021-yil 31-oktyabr) – ukrainalik bolalar yozuvchisi, shoir va jurnalist.
Hayoti 1937-yil 18-aprelda Krestitelevo qishlogʻida (hozirgi Zolotonosha tumani, Cherkas viloyati, Ukraina) oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan. Yozuvchining otasi polshalik, onasi ukrainalik boʻlgan. 1960-yillarning boshidan beri Odessada yashay boshlagan. Odessa politexnika instituti (hozirgi Odessa milliy politexnika universiteti)ni bitirgan. Superfosfat zavodida ishlagan, 1960-yillarning oxiridan boshlab mintaqaviy radioda va „Odesskie izvestiya“ gazetasida jurnalist boʻlib ishlagan.
1973-yilda Moskvada yashab, A. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshidagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan.
Britaniyaning BBC media korporatsiyasi tomonidan 2005-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan anʼanaviy tanlov natijalariga koʻra, yozuvchining „Sinie Vodi“ romani 2011-yilda Ukrainadagi eng yaxshi fantastika asari deb topilgan.
1969 -ildan Ukraina Yozuvchilar milliy uyushmasining Odessa tashkiloti aʼzosi. Odessa tashkilotining mas’ul kotibi etib saylangan.
2021-yil 31-oktabrda vafot etgan.
Ijodi Shoir sifatida ijodini boshlangan. 1966-yilda „Kraplini sonsya“ ilk toʻplamini chiqargan. Sheʼriy toʻplamlar muallifi:
„Kapli solnsa“ / „Kraplini sonsya“ (1966), „Ploti“ / „Ploti“ (1968), „Vozdux na dvoix“ / „Povіtrya na dvox“ (1973), „Otkroyte Bogdankovo okno“ / „Vіdchinіt Bogdankove vіkno“, „Ravnovesie“ / „Rіvnovaga“ (1977), „Znak glubini“ / „Znak glibini“ (1987), „Den jivoy vodi“ / „Den jivoї vodi“.
Rutkivskiyning eng mashhur bolalar asarlari:
Gosti na metle
„Annushka“ (1977) „Buxtik iz tixoy zavodi“ (1981) „Kanikuli v Voronovke“ „Palatki nad rechkoy“ „Storojevaya zastava“ (1991) „Poterchata“ „Sinie Vodi“ „Sluga Babi-Yagi“ „Djura“ tetralogiyasi (2007—2010)Djura – kazak qurolbardori, yordamchi, shogird Shirik so Zmeevoy gori (2018)
Mukofotlari
Viktor Bliznets mukofoti Nikolay Trublaini mukofoti (1991) 2002-yilda bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan „Storojevaya zastava“ afsona-qissasi uchun Lesya Ukrainka nomidagi Ukraina Vazirlar Mahkamasi adabiy-badiiy asarlar mukofoti Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofoti (2012) – bolalar uchun moʻljallangan „Djura“ tarixiy trilogiyasi uchunЦьогорічні лавреати імені Шевченка
Manbalar
Turkum:SSSR jurnalistlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Sovet shoirlari Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:31-oktyabrda vafot etganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:18-aprelda tugʻilganlar