Yaroslav Yosipovich Gritsak (; 1960-yil 1-yanvar, Dovge qishlogʻi, Lvov viloyati, Ukraina SSR, SSSR) – sovet va ukrainalik tarixchi, publitsist. Tarix fanlari doktori, professor.
Hayoti Lvov universitetining tarix fakultetini tamomlagan (1977—1982).
1982—1992-yillarda shu universitetda katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan. Professor, Lvov universiteti Tarixiy tadqiqotlar instituti direktori, Ukraina katolik universitetining Ukrainaning eng yangi va zamonaviy tarixi kafedrasi professori, xalqaro ukrainashunoslar uyushmasi vitse-prezidenti (1999—2008). Gritsak Kolumbiya universiteti va Markaziy Yevropa universitetining (1996–2009) taklif etilgan professori boʻlgan.
1987-yilda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Rabochie Borislavsko-Drogobichskogo neftyanogo basseyna vo vtoroy polovine XIX – nachale XX vv.: formirovanie, polojenie, klassovaya borba“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1996-yilda „Formirovanie sovremennoy ukrainskoy natsii: istoriografiya i istoriosofiya problemi“ mavzusida tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1996).
„Ukraina moderna“ ilmiy yilnomasining asoschisi va bosh muharriri, „Ukrainskiy gumanіtarniy oglyad“, „Kritika“, Ab Imperio jurnallari tahririyat kengashi aʼzosi.
2014-yil dekabr oyida Ukraina Milliy korruptsiyaga qarshi byurosining tanlov qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
400 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etgan va publitsistik asarlar muallifi sifatida ham tanilgan.
Mukofotlari
Antonovich fondi mukofoti (2007) Polsha Tashqi ishlar vazirligining „Bene Merito“ faxriy nishoni (2009) „Intellektual jasorati uchun“ ordeni (2010, Ukraina) Jerzy Giedroyc nomidagi mukofot (2013) Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni sohibi(2014)
Manbalar
Turkum:Sovet tarixchilari Turkum:Ukrainalik tarixchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar