„After Hours“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning, shu nomdagi toʻrtinchi studiyaviy albomi tarkibiga kiruvchi qoʻshigʻi. Dastlab, bu qoʻshiq 2020-yil 19-fevral kuni albomning promo-singli sifatida chiqarilgan edi. Oradan olti kun oʻtib, u AQSh ritmik radio stansiyalariga XO va Republic Records orqali albomning uchinchi rasmiy singli sifatida yuborildi. Qoʻshiqni The Weeknd Illangelo, DaHeala va Mario Winans bilan birgalikda yozgan va prodyuserlik qilgan. Shuningdek, kanadalik repper Belly qoʻshimcha mualliflik huquqiga ega.

Tarixi va chiqarilishi The Weeknd tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli chiqqan „Heartless“ va „Blinding Lights“ singllaridan soʻng, oʻzining yangi albomi nomini After Hours deb nomlanishini 2020-yil 13-fevral kuni eʼlon qildi. Oradan besh kun oʻtib, yaʼni 18-fevral kuni u „After Hours“ nomli promo-singlning chiqish sanasini maʼlum qildi hamda albom uchun ishlangan muqovani ham taqdim etdi. 2020-yil 19-fevral kuni „After Hours“ singli taqdim etilishi bilan birga, ushbu qoʻshiq joy olgan albomning rasmiy chiqish sanasi ham eʼlon qilindi.

Kompozitsiyasi va matni „After Hours“ – bu „qorongʻu va oʻziga tortuvchi ohangli“ va „tashvishli“ ohanglarga ega elektro va house janridagi kompozitsiya. Pitchfork jurnalidan Sheldon Pearcening yozishicha, qoʻshiq The Weekndning oʻziga xos eski uslubida – falsetto, aks-sadolar va takrorlanuvchi ohanglar bilan boshlanadi, biroq birdaniga u raqs musiqasi ohanglariga oʻtadi.

Qoʻshiq matnida The Weeknd oʻzining sobiq sevgilisi bilan munosabatlarni yakunlaganidan afsusda ekanini ifodalaydi. U yana yarashishini, hattoki birga farzand koʻrishni istaydi. Qoʻshiq davomida bu ajralishga oʻzi sababchi boʻlganini tan olib, agar sevgilisi qaytib kelsa, endi unga hech qachon xiyonat qilmaslikka, uni yana ranjitmaslikka va ishonchini oqlashga soʻz beradi.

Tanqidiy qabul Tanqidchilar ushbu qoʻshiqning ohangini The Weekndning ilk Trilogy albomlaridagi uslubga oʻxshatishdi. Muxlislar ham bu qoʻshiqni iliq kutib olishdi. Musiqa yangiliklariga ixtisoslashgan BrooklynVegan sayti haftalik sharhida bu qoʻshiqni „[house va disco janrlariga xos] toʻrt-taktlik (four-on-the-floor) ritmda jaranglaydigan kuchli xit“ deb taʼrifladi. The FADER nashridan Shaad D’Souza esa ushbu qoʻshiqni „Hozirgi eng yaxshi 20 pop qoʻshiq“ roʻyxatiga kiritdi va shunday dedi: „Abel Tesfaye ushbu qoʻshiq orqali Trilogy davridagi zulmatli va gʻamgin ehtirosli tasavvurlar dunyosiga qaytadi. Menga bu qoʻshiq juda yoqdi!“.

Tijoriy muvaffaqiyati „After Hours“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 reytingiga 2020-yil 29-fevral sonida kirib keladi va 77-oʻrinni egallaydi. Keyingi haftada esa u 57 pogʻonaga yuqorilab, 20-oʻringa koʻtariladi.

Rolling Stonening Top 100 Songs chartida esa qoʻshiq 2020-yil 20-fevralda yakunlangan haftada 43-oʻrinda debyut qiladi. Oradan bir hafta oʻtgach, 27-fevralda yakunlangan haftada u beshinchi oʻringa koʻtarildi,

Qoʻshiq The Weekndning vatani Kanadada Canadian Hot 100 reytingida 14-oʻringacha koʻtarildi. Buyuk Britaniyada esa u 20-oʻrinni egalladi, bu bilan The Weekndning Britaniyadagi 40 talik roʻyxatga kirgan 19-chi qoʻshigʻi boʻldi.

Xodimlar Maʼlumotlar Tidaldan olingan.

The Weeknd – vokal, qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Belly – qoʻshiq muallifi DaHeala – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Illangelo – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash, muhandis, miksing Mario Winans – qoʻshiq muallifi, prodyuser Shin Kamiyama – muhandis Dave Kutch – mastering Kevin Peterson – mastering

Chartlar Chart (2020)Eng yuqorioʻrin Rolling Stone Top 1005 (Tracklisten)17 (Eesti Tipp-40)4 (SNEP)44 International (IFPI)5 (Tónlistinn)14 (PROMUSICAE)84 (FIMI)36 (AGATA)5 (RIM)11 Airplay (Billboard)31 (VG-lista)14 (RIAS)17 (Recorded Music NZ)29 (Sverigetopplistan)10

Sertifikatsiya +„After Hours“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAmerika Qoʻshma Shtatlar (RIAA)Platina1,000,000Avstraliya (ARIA)2× Platina140,000Birlashgan Qirollik (BPI)Platina600,000Braziliya (Pro-Música Brasil)2× Platina80,000Daniya (IFPI Danmark)Oltin45,000Fransiya (SNEP)Oltin100,000Italiya (FIMI)Platina100,000Ispaniya (PROMUSICAE)Oltin30,000Norvegiya (IFPI Norway)Oltin30,000Polsha (ZPAV)Platina50,000Portugaliya (AFP)Platina10,000Yangi Zelandiya (RMNZ)Platina30,000StrimingGretsiya (IFPI Greece)Platina2,000,000

Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)Har xil2020-yil 19-fevralAQSh2020-yil 25-fevralrhythmic radio

Manbalar

Havolalar

Turkum:2020-yil qoʻshiqlari Turkum:2020-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Republic Records singllari Turkum:XO (yozuv leybli) singllari