Umayr ibn al-Valid al-Bazgʻisiy at-Tamimiy () toʻqqizinchi asr boshlarida Abbosiylar xalifaligining Misr noibi boʻlgan amaldori. 829-yil aprel oyidan toki bir necha oydan soʻng soliq tizimiga qarshi isyonda oʻldirilgunga qadar ushbu lavozimda xizmat qilgan. Faoliyati Umayr 829-yil aprel oyida Abu Isʼhoq (boʻlajak xalifa al-Mu’tasim ()) tomonidan Misr noibi etib tayinlandi. Bu tayinlov oldingi noib Isa ibn Yazid al-Juludiy Havf tumanidagi qabila arablarining qoʻzgʻolonini bostira olmaganidan keyin amalga oshirildi. Umayr havfliklarga qarshi yurishga tayyorgarlik koʻra boshladi. Biroq, qaysiy arablarni tinchlantirish uchun yuborilgan Abdulloh ibn Hulays (yoki Jalis) isyonchilar tomoniga oʻtib ketgani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shunga qaramay, Umayr oʻz qo‘shinlari va sobiq noib Isa bilan birga Fustatdan yoʻlga chiqdi. Oʻzi yoʻqligida boshqaruvni oʻgʻli Muhammadga topshirib ketdi; ; .

Oʻz navbatida, qoʻzgʻolonchilar xalifa al-Ma’mun () yuborgan elchilar bilan uchrashishdi, ammo chekinishdan bosh tortib, Umayrga qarshi yurish boshlashdi. Tomonlar 829-yil may oyining oxirida toʻqnashishdi. Umayr hukumat qoʻshinlariga qoʻmondonlik qildi. Qoʻzgʻolonchilar tomonidagi qoʻshinlarga esa qaysiylarga Ibn Hulays, yamanliklarga esa Abdussalom al-Jumahiy rahbarlik qildi. Jang dastlab Umayr foydasiga hal boʻldi. Havfliklarning koʻpchiligi oʻldirildi, qolganlari chekinishga majbur boʻldi. Qoʻzgʻolonchilar esa pistirma qoʻyishdi. Umayr ularni taʼqib qila boshlaganda tuzoqqa tushib, halok boʻldi; ; ; ; . Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:829-yilda vafot etganlar Turkum:Jangda halok boʻlgan harbiy xizmatchilar Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:9-asr arab shaxslari