Abu Ubayd ibn Masʼud ibn Amr ibn Umayr ibn Avf ibn Uqda ibn Gʻayra ibn Avf ibn Saqif as-Saqafiyأسد الغابة، جـ6/ص 201. () yoki Abu Ubayd (), Roshidun xalifaligi qoʻshini qoʻmondoni. Arabistonning gʻarbiy qismida joylashgan Toif shahridagiMazhar-ul-Haq, A Short History of Islam: From the Rise of Islam to the Fall of Baghdad, 571 A. D. to 1258 A. D., 2nd edition, Bookland, 1977, p. 229. Banu Saqif qabilasiga mansub boʻlgan.

Al-Hiradagi musulmon arablar qoʻmondoni al-Musanno Eronning Mesopotamiya hududidagi sosoniylarga qarshi kurashda yordam soʻrab avval xalifa Abu Bakrga, soʻngra Umarga murojaat qilgan edi. Umar muhojirlar va ansorlar (paygʻambar Muhammadning sahobalari) qatorida boʻlmasa ham, birinchi boʻlib koʻngilli ravishda yordam berishni istagan Abu Ubaydni tanlab, uni al-Musannoga yordamga yubordi. Abu Ubayd oʻzining Saqif qabilasi vakillaridan iborat 1 000 kishilik lashkar tuzdi va shimolga yoʻl olarkan, yoʻlda yana qoʻshimcha kuchlar bilan oʻz safini kengaytirdi. Al-Hiraga yetib borgach, mintaqadagi barcha arab qoʻshinlariga bosh qoʻmondon boʻldi. Birlashgan arab qoʻshinlari al-Hira va Ktesifon oraligʻidagi tekisliklarga bosqinchilik yurishlarini boshladilar. Sosoniylar qoʻshini qoʻmondoni Rustam Farruhzod ularga qarshi Bahman Jadhuyih boshchiligidagi birlashgan qoʻshinni yubordi. Bobil yaqinidagi Furot daryosi boʻyida sodir boʻlgan ushbu jang „Koʻprik jangi“ nomi bilan mashhur. Bu jangda oq rangli fil Abu Ubaydga hujum qilib, xartumi bilan uni otidan tushirib yuborgan. Abu Ubayd filning oyoqlari ostida ezilib halok boʻlgan. Bu holat arab qoʻshinlari orasida vahima uygʻotgan va natijada ular magʻlubiyatga uchragan. Jangda Abu Ubaydning ukasi al-Hakam va oʻgʻli Jabr ham halok boʻlganRichard Nelson Frye, The Cambridge History of Iran: The period from the Arab invasion to the Saljuqs, (Cambridge University Press, 1975), 8-9..

Abu Ubayd inqilobchi Muxtor as-Saqafiyning otasi boʻlib, Muxtor Ikkinchi fitna paytida Karbalo jangi uchun oʻch olish maqsadida Umaviylarga qarshi isyon koʻtargan edi. Abdulloh ibn Umarning xotini Safiya esa Abu Ubaydning qizlaridan boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. Uning yana bir qizi Joriya Umar ibn Saʼdga turmushga chiqqan.

Manbalar

Turkum:Roshidun xalifaligi noiblari Turkum:Sahobalar Turkum:634-yilda vafot etganlar Turkum:Roshidun xalifaligi generallari