Xorija ibn Huzofa (; 661-yil 22-yanvarda vafot etgan) – sahoba. Xalifa Umar () hukmronligi davrida musulmonlarning Misrni fath qilishida ishtirok etgan musulmon qoʻmondonlaridan biri. Amr ibn al-Os Misr noibi lavozimida xizmat qilgan davrda Xorija qoʻriqlash xizmati va sud ishlariga mas’ul boʻlgan.
Hayoti Xorija ibn Huzofa Makkaning Quraysh qabilasiga mansub boʻlgan. Manbalarda uning aniq qaysi urugʻdan boʻlganligi boʻyicha ziddiyatli maʼlumotlar mavjud, uning Banu Sahm, Banu Adiy yoki Banu Amir ibn Lu’ayy urugʻlaridan biriga mansubligi aytiladi. Xorija islom paygʻambari Muhammadning sahobalaridan boʻlgan. Paygʻambar Muhammad tiriklik vaqtida Xorija oʻzining jasorati va kuchli otliq jangchisi boʻlganligi bilan ajralib turgan. 640-yilda xalifa Umar () uni Amr ibn al-Osning Vizantiya imperiyasi nazorati ostida boʻlgan Misr viloyatini zabt etish yurishlarini kuchaytirish maqsadida Zubayr ibn Avvom boshchiligidagi arab qoʻshinlarining toʻrt qoʻmondonidan biri sifatida yuborgan. Heliopolis jangida musulmonlar gʻalaba qozongandan soʻng, Amr ibn al-Os Xorijaning ukasi Abdullohni Heliopolis shahrini egallash va uning atrofidagi qishloqlar aholisi bilan tinchlik shartnomasi tuzish uchun joʻnatgan. 641-yilning aprelida Bobil qoʻlga kiritilgach, Amr ibn Os Xorijani Fayum vohasi, Germopolis, Ahmim, Bashrudat va Yuqori Misrning boshqa qishloqlarini zabt etish va aholi bilan shartnomalar tuzish uchun yuborgan.
Manbalar
Turkum:Roshidun xalifaligi generallari Turkum:661-yilda vafot etganlar Turkum:Sahobalar