Elpida Karamandi (; 1920-yil 1-yanvarda tugʻilgan – 1942-yilda vafot etgan) – kelib-chiqishi arumin boʻlgan Yugoslaviya partizani va qarshilik harakati qatnashchisi.

Karamandi 1920-yil 1-yanvarda Gretsiyaning Florina shahrida aruminlar oilasida dunyoga kelgan. Onasi turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgach, oʻz qarindoshlari oldiga, oʻsha vaqtda Yugoslaviya Qirolligiga qarashli boʻlgan Bitola shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda yana turmush qurgan. Karamandi Bitolada voyaga yetgan va oʻsha yerda taʼlim olgan. Keyinroq oʻqishini Belgradda davom ettirgan. U yerda 1939-yilda Yugoslaviya kommunistik yoshlar ittifoqi (SKOJ) aʼzosi boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanganida Karamandi Bitolaga qaytgan. 1941-yil iyun oyida Yugoslaviya Kommunistik Partiyasiga qoʻshilgan. Biroq uning faoliyati bolgar politsiyasi tomonidan fosh etilgan va hibsga olingan. Qamoqdan chiqqach, Karamandi bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirgan.

1942-yil aprel oyida Karamandi Bitolani tark etib, Birinchi Bitola partizanlar otryadiga qoʻshilgan. 1942-yil 3-may kuni ularning otryadi bolgar politsiyasi tomonidan qurshab olingan. Elpida Karamandi ogʻir yaralanib, asirga olingan va qiynoqlarga duchor qilingan holda bolgar qamoqxonasida vafot etgan. Elpida Karamandi 1951-yil 11-oktyabrda Yugoslaviya milliy qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Merosi 1984-yilda Yugoslaviya milliy qahramonlari qatorida pochta markasiga Elpida Karamandining tasviri tushirilgan. Bitola shahridagi Gradski bogʻida uning byusti oʻrnatilgan, shuningdek, koʻchalardan biriga ham uning nomi berilgan. Manbalar

Havolalar Elpida Karamandi boshlangʻich maktabi (makedon tilida)

Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:3-mayda vafot etganlar