Nargiz Ilgar qizi Birk-Petersen (qizlik familiyasi Abbaszade; ; 1976-yil 7-avgustda tugʻilgan) – huquqshunos, boshlovchi va model. Ozarbayjonning Boku shahrida Eldar Gasimov va Leyla Aliyeva bilan birgalikda 2012-yilgi Evrovidenie qoʻshiq tanlovini olib borgan.

Karyerasi Birk-Petersen Bokuda tugʻilib oʻsgan va Saboil tumanidagi oʻrta maktabda taʼlim olgan. 16 yoshida Xazar universitetining huquqshunoslik yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. Talabalik yillarida universitetning talabalar telekanalida ingliz tilidagi yangiliklar dasturi uchun muxbir sifatida faoliyat yuritgan.

1994-yilda Birk-Peterson Xazar universitetini tark etishga qaror qilgan va otasining oldiga AQShga koʻchib oʻtgan. U yerda model sifatida qoʻshimcha ishda ishlagan va shu bilan birga Michigan universitetida psixologiya yoʻnalishida bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik Wayne State universiteti yuridik maktabida huquq fanlari doktori darajasini, shuningdek, Georgetown universiteti huquq markazida xalqaro va qiyosiy huquq boʻyicha magistrlik darajasini olgan.

Birk-Petersen dastlab Vashingtonda yurist sifatida mehnat faoliyatini boshlagan, biroq keyinchalik Rossiyaning Moskva shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda 2011-yilga qadar faoliyat olib borgan. 2012-yil boshida Boku shahrining 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish boʻyicha arizasining Aloqalar boʻyicha rahbari lavozimiga tayinlangan. Ushbu lavozimda u Ozarbayjon delegatsiyasi tarkibida Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi bosh assambleyasida ishtirok etgan. Delegatsiya tarkibida birinchi xonim Mehribon Aliyeva hamda vazirlar Yaqub Eyyubov va Azad Rahimov ham boʻlgan.

Xuddi shu yili Birk-Petersen Ozarbayjonning İctimai Telekanali tomonidan tashkil etilgan kastingda qatnashib, 2012-yilgi Evrovision qoʻshiq tanlovini olib boruvchilardan biri sifatida tanlab olingan. 2012-yil 22, 24 va 26-may kunlari boʻlib oʻtgan uchta jonli koʻrsatuvni qoʻshiqchi Eldor Gasimov va teleboshlovchi Leyla Aliyeva bilan birga olib borgan. Mazkur translyatsiyalar butun dunyo boʻyicha 100 milliondan ortiq tomoshabinni jalb qilgan.

Evrovision qoʻshiq tanlovidan keyin Birk-Petersen farmatsevtika sohasida faoliyatini davom ettirib, Novo Nordisk va Shire kompaniyalarida yuridik maslahatchi sifatida ishlagan. 2019-yildan buyon esa Takeda Pharmaceutical kompaniyasida bosh direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Birk-Petersen Dubay Xalqaro Moliya Markazining bosh yuridik maslahatchisi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Birk-Petersenning onasi Maleyka Abboszade Ozarbayjon Respublikasi Davlat talabalarni qabul qilish komissiyasi raisi hisoblanadi. Onasi Vashington shahrida tanishgan daniyalik diplomat Ulrik Birk-Petersenga turmushga chiqqan. Hozirda er-xotin uch farzandi bilan birga Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida istiqomat qiladi. Maleyka ilgari Daniya poytaxti Kopengagen shahri Østerbro tumanida yashagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Huquqshunoslar Turkum:Modellar (kasb) Turkum:Bokuda tugʻilganlar