Shodmon Xoʻjamberdiyev (1967-yil 6-fevral, Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — baxshi O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvoni sohibi. Tarjimayi holi Shodmon Xoʻjamberdiyev 1967-yil 6-fevralda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1971-yilda boshlangʻich maktabga borgan. Yoshligidan Qodir baxshi, Xo‘shboq baxshi, Chori baxshilardan saboq olgan. 1984-yildan Sherobod tumani Madaniyat boʻlimiga qarashli Madaniyat markazining „Chaman“ badiiy jamoasi aʼzosi. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 8-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ochilgan baxshichilik sinfi oʻqituvchisi. Tumandagi madaniyat markazida xavaskor baxshilar toʻgaragi rahbari.
2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Oʻzbekistonda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalida bir necha bor ishtirok etgan. 1985-yilda Xorazm viloyatida oʻtkazilgan „Baxshi, shoir va oqinlar koʻriktanlovi“ gʻolibi. 1989-yilda Ozarbayjon SSRda boʻlib oʻtgan „Xalqaro baxshilar festivali“ laureati. 1999-yil Qirgʻiziston Respublikasi Bishkek shahrida oʻtkazilgan „Dunyoga chiqish“ Xalqaro baxshilar tanlovi gʻolibi. 2003-yili 14-mayda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlarining „Baxshi, shoir va oqinlar III“ anʼanaviy xalqaro festivali gʻolibi.
Baxshining 2010-yilda chop etilgan „Xondali“ hamda 2021-yilda nashr qilingan „Xurdona“ nomli dostonlari, shuningdek, „Surxondanman, Surxondan“ (2012), „Kuyla, Surxon doʻmbirasi“ (2019) nomli termalari bor.
Manbalar
Havolalar O'zbekiston xalq baxshisi Shodmon Xo'jamberdiyev Ustozi va bolaligi haqida so'zladi Zamondosh | O'zbekiston xalq baxshisi Shodmon Xo'jamberdiyev 14.07.2024 Shodmon baxshi Xo'jamberdiyev O‘zbekiston xalq baxshisi, yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shodmon baxshi Xo'jamberdiyev SHODMON BAXSHI "AN'ANAVIY TERMALAR"(ALPOMISH MEDIA) Shodmon baxshi Xo‘jamberdiyev haqida ma'lumot — Oyina.uz portali. Shodmon baxshi: Tafakkurimiz ildizi folklordan oziqlanadi — UzA.uz, 2026. Shodmon Baxshi Xo‘jamberdiyev — Respublika baxshichilik san’ati markazi rasmiy sayti. - Shodmon Baxshining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan rasman mukofotlangan. Tashqi havolalar Shodmon baxshi Xo'jamberdiyevning YouTube kanali Shodmon baxshi Xo'jamberdiyevning Instagram sahifasi Shodmon baxshi Xo'jamberdiyevning Facebook sahifasi