Angela Vode (1892-yil 5-yanvarda tugʻilgan – 1985-yil 5-mayds vafot etgan) – sloveniyalik pedagog, feminist yozuvchi va inson huquqlari himoyachisi. Yugoslaviya Kommunistik partiyasining ilk aʼzolaridan biri boʻlib, 1939-yilda Gitler-Stalin paktiga bildirgan tanqidlari sabab partiyadan haydalgan. Ikkinchi jahon urushi davrida sloven xalqining Ozodlik frontiga qoʻshilgan, biroq 1942-yilda Sloveniyadagi Kommunistik partiya bilan kelishmovchiliklari tufayli undan ham chiqarib yuborilgan. 1944-yilda natsistlarning konslageriga yuborilgan. Urushdan keyin Yugoslaviya kommunistik hukumati tomonidan hibsga olingan, mashhur Nagode sud jarayonida sudlangan va bir necha yilga qamalgan. Ozodlikka chiqqach, butun umri davomida jamoatchilik ishlaridan chetlatilgan. 1990-yillarda Sloveniya tarixida totalitar repressiyalarning ramziy qurboni sifatida tan olingan.

Yoshlik davri Angela Vode 1892-yil 5-yanvarda oʻsha paytdagi Avstriya-Vengriya imperiyasining Lyublyana shahrida tugʻilgan. 1912-yilda Lyublyana oʻqituvchilar kollejini tamomlagach, bir nechta maktablarda oʻqituvchi boʻlib ishlaganEnciklopedija Slovenije, vol. 14, entry Vode, Angela. Mladinska knjiga, Ljubljana 2000..

1921-yilda aqli zaif bolalarni oʻqitish boʻyicha faoliyat olib borgan va keyingi 25 yil davomida defektolog-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan. U nogiron bolalarni oʻqitish masalasida bir qancha maqolalar chop etgan va 1936-yilda bu boradagi „Pomen pomožnega šolstva in njegov razvoj v Jugoslaviji“ () nomli kitobini nashr etganAngela Vode, Skriti spomin.

Angela Vode Sloveniya tarixidagi ilk ayollar huquqlari himoyachilaridan biri, inson huquqlari tashkilotlarini tashkil etgan birinchi faollardan sanaladi. Ikki urush oraligʻida u Yugoslaviya ayollar harakati raisi hamda Sloveniya ayol oʻqituvchilar jamiyati prezidenti etib saylangan. ijtimoiy adolatsizlik va ayollar huquqlari haqida koʻplab asarlar yozgan. „Žena v sedanjem svetu“ (Zamonaviy dunyoda ayol, 1934), „Žena i fašizam“ (Ayol va fashizm, 1935) asarlari shular jumlasidandir. Uning eng muhim nazariy asari 1938-yilda chop etilgan „Spol in usoda“ (JIns va taqdir) kitobi hisoblanadi.

Sloven tilidan tashqari Angela Vode nemis, ingliz, fransuz va serb-xorvat tillarini yaxshi bilgan, shuningdek, italyan va rus tillarida ham gaplashgan.

Manbalar

Havolalar

Ingliz tilida

Ayollar faollari haqidagi hikoyani koʻrsatadigan film

Sloven tilida

Angela Vode, Skriti spomin Angela Vode, „Skriti spomin“ kitoblarini yozib qoʻy Angela Vode, zapornikadagi pornika Snemanje filma o Angeli Vode Graditelji slovenstva – Angela Vode

Turkum:1892-yilda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda vafot etganlar Turkum:5-yanvarda tugʻilganlar Turkum:5-mayda vafot etganlar Turkum:Lyublyanada tugʻilganlar Turkum:Lyublyanada vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Pedagoglar Turkum:Sloveniyalik feministlar Turkum:Sloveniyalik inson huquqlari faolllari