Abulhasan Ali ibn al-Abbos ibn Jurayj (), shuningdek, Ibn ar-Rumiy (836-yil Bagʻdodda tugʻilgan – 896-yilda vafot etgan) yunon Georgiyning (Jurayj hamda Jurjis deb ham atalgan) nabirasi boʻlib, Abbosiylar davrida Bagʻdodning mashhur arab tilli shoirlaridan biri boʻlgan.

Yigirma yoshida oʻz sheʼrlari orqali tirikchilik qila boshlagan. Siyosiy doiradagi shaxslardan noib Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Tohir, Abbosiy xalifa al-Muʼtamidning vaziri fors Ismoil ibn Bulbul hamda siyosiy jihatdan taʼsirli boʻlgan nestoriy oila Banu Vahb kabilar homiylik qilishgan. Ar-Rumiyning oʻninchi asrda Mutanabbiy tomonidan ogʻzaki tarzda yetkazilgan Devoni (sheʼrlar toʻplami) Abu Bakr ibn Yahyo as-Suliy tomonidan tartibga solinib, tahrir qilindi. Bu toʻplam as-Suliy qalamiga mansub Kitob al-Avroq () asarining muhaddasun (zamonaviy shoirlar) boʻlimiga kiritilgan.

Hayoti Ibn ar-Rumiy Abbosiylar xalifaligi poytaxti Bagʻdodda 836-yilda tugʻilgan. Asl ismi Ali ibn al-Abbos bin George boʻlib, keyinchalik „Ibn ar-Rumiy“ (tarjimasi: „Rumlikning oʻgʻli“) epiteti berilgan. Bu nom otasining yunon ekaniga ishora qiladi. Musulmon boʻlgan.

Vafoti Ibn ar-Rumiy 896-yilda 59 yoshida Bagʻdodda vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

El-Huni, Ali A., 'The poetry of Ibn al-Rùmī' (unpublished Ph. D. thesis, University of Glasgow, 1996) [Ibn al-Rumi], [Diwan al-Rumi], 3 vols (Beirut: Dār al-Kutub al-ʻIlmīyah, 2009), , https://archive.org/details/waq74354 Ibn al-Rūmī, Selections from the Diwan of Ibn Al Rumi (William Penn College, 1977)

Turkum:836-yilda tugʻilganlar Turkum:896-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi shoirlari Turkum:Abbosiylar xalifaligining saroyga aloqador kishilari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:9-asr arab tilli shoirlar Turkum:Bagʻdodlik yozuvchilar