Odil ( — adolatli, haqqoniy; qonunga asoslangan) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Odil Abdumajidov — oʻzbekistonlik futbolchi; Odil Abdurahmonov — oʻzbek iqtisodchisi, iqtisod fanlari doktori va davlat arbobi; Odil Ahmedov — oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Olimpiya jamoasi prezidenti; Odil Ikrom — oʻzbekistonlik shoir va tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi; Odil Qoʻysinov — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor; Odil Salohiy — islom dini haqida turli kitoblar yozgan va ingliz tiliga tarjima qilgan olim, yozuvchi va tarjimon; Odil Shokirov — ortopedtravmatolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1971); Odil Sobitov — sovet, tojik va oʻzbek shaxmatchisi, SSSR sport ustasi (1977); Odil Sunnatov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995); Odil Yoqubov — oʻzbek sovet yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi; Odilbek Rustamov — sozanda (surnay, nogʻora), mehtar, Rustam mehtar Yusufalizodaning oʻgʻli; Odiljon Abdurahmonov — qirgʻizistonlik futbolchi; Odiljon Akbarov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Xalq oʻqituvchisi (1983). „Oʻzbekiston hunar-texnika taʼlimi aʼlochisi“ (1969); Odiljon Arslonov — oʻrta, ikkinchi oʻrta va yengil vazn toifalarida ishtirok etgan oʻzbek havaskor va professional bokschisi; Odiljon Hamrobekov — oʻzbekistonlik professional futbolchi; Odiljon Iminov — muhandis, iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori; Odiljon Mamatkarimov — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori; Odiljon Tojiyev — oʻzbekistonlik huquqshunos va siyosatchi; Odiljon Yusupov — oʻzbekistonlik qoʻshiqchi, sozanda (doira, dutor, gʻijjak). Oʻzbekiston xalq hofizi (1991); Odiljon Ziyodullayev — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor; Odilxon eshon — Naqshbandiya tariqati murshidi.

Familiyalar Odilov Odilova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari