|Labubu oʻyinchogʻi. „Luck“ nomli turi.]] Labubu () – Gonkonglik dizayner Kasing Lung () tomonidan yaratilgan kolleksion yumshoq oʻyinchoq yirtqich elflar brendi. Bu oʻyinchoqlar Xitoyda joylashgan Pop Mart chakana savdo tarmogʻi tomonidan sotiladi va faqat shu doʻkonda mavjud. Labubu – ushbu seriyadagi bosh qahramonning nomi ham hisoblanadi.
Tarixi Labubu ilk bor Gonkongda tugʻilgan va Niderlandiyada voyaga yetgan rassom Kasing Lung (1972)Meet Kasing Lung, the Artist Behind Labubu and the Monsters, By Eric E. Surbano. https://www.prestigeonline.com/th/people/kasing-lung-artist-labubu-the-monsters-pop-mart/ tomonidan yaratilgan obraz sifatida paydo boʻlgan. Labubu Lungning The Monsters (Maxluqlar) nomli hikoya turkumining bir qismi boʻlib, u skandinaviya folklori va bolaligida oʻzi yoqtirgan mifologiyadan ilhomlangan.
Labubu ilk bor 2015-yilda How2Work kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Monsters“ (Maxluqlar) figuralari orqali taqdim etilgan. 2019-yilda esa Pop Mart bilan hamkorlik natijasida keng ommaga tanildi. Bu hamkorlik Labubuning kolleksionerlar orasida ommalashuviga olib keldi.
2025-yilga kelib, Labubu brendi ostida 300 dan ortiq turli figuralar chiqarildi. Ular oʻlchami va narxi boʻyicha farqlanib, uch dyuymli vinil figura $15 dan, 31 dyuymli „mega“ qoʻgʻirchoq esa $960 gacha narxlanadi. 2025-yil iyun oyida Pekinda boʻlib oʻtgan ilk rasmiy Labubu auksionida toʻrt fut balandlikdagi mint-yashil rangli Labubu $170,000 ga sotilgan.
Dizayn
Labubular oʻyinbop, biroq biroz yirtqich koʻrinishga ega deya taʼriflanadi. Ular yumaloq va tukli tana, katta koʻzlar, uchli quloqlar va toʻqqizta oʻtkir tishdan iborat nayrangboz tabassumi bilan ajralib turadi.
Labubudan tashqari, boshqa qahramonlar ham „The Monsters“ (Maxluqlar) deb ataladigan „qabila“ga kiritilgan. Ular orasida Mokoko, Pato, Spooky, Tycoco (Labubuning „skeletga oʻxshash“ yigit doʻsti), hamda dumida tikani boʻlgan qabila yetakchisi Zimomo bor. Ushbu qoʻgʻirchoqlar turli koʻrinishlarda ishlab chiqarilgan.
Birinchi Labubu kalitilgich turkumi Exciting Macaron () 2023-yil oktyabr oyida taqdim etilgan. Boshqa kolleksiyalar qatoriga Fall in Wild, yetti figuralik Have a Seat () va Big into Energy () toʻplamlari ham kiradi.
Pop Mart turli brendlar bilan hamkorlik qilgan. Masalan, 2024-yil oxirida 11 ta Labubu figuralarini oʻz ichiga olgan Coca-Cola mavzusidagi qishki blind box (yopiq quti) seriyasi chiqarilgan. 2025-yil boshida esa „The Monsters“ qahramonlari One Piece anime va mangasi qahramonlari sifatida qayta tasvirlangan 13 figuralik toʻplam taqdim etilgan.
Shuningdek, ayrim figuralar turli muzeylarda eksklyuziv tarzda chiqarilgan. Masalan, Labubu’s Artistic Quest (Labubuning sanʼatga sayohati) seriyasi Parijning Luvr muzeyidagi Pop Mart doʻkonida sotilgan.
Blind boxlar Labubu figuralari koʻpincha blind box (yopiq quti) shaklida sotiladi – yaʼni, bir mavzuga oid turkum ichidan qaysi oʻyinchoq chiqishi oldindan maʼlum boʻlmaydi. Har bir turkumda reklama qilingan figuralardan tashqari kamyob „yashirin“ (secret) figura ham boʻlishi mumkin.
Qabul qilinishi Ushbu oʻyinchoq 2024-yil aprel oyida keng omma eʼtiboriga tushdi, sababi K-pop guruhi Blackpink aʼzosi Lisa oʻz sumkasida Labubu kalitilgichini olib yurgani namoyish etildi. Bu hodisa Labubu mashhurligining Tailand va Janubi-sharqiy Osiyoning boshqa hududlarida tez tarqalishiga turtki boʻldi.
New York Magazine jurnalining muallifi Liza Corsillo ushbu oʻyinchoq „tushuntirish qiyin boʻlsa-da, oʻziga xos jozibasi bilan ajralib turadi – biroz xunuk, lekin quchoqlagulik, ahmoqona tabassumga ega“ deb yozgan. U shuningdek, Labubular Jellycat va boshqa mashhur sumka bezaklari kabi „oʻyinchoqlar va moda oʻrtasidagi chegarani yoʻqotishini“ taʼkidlagan. Foydalanuvchilar ularning taqilishi qulayligidan ham zavqlanadi, chunki ular sumka yoki ryukzakka ilib qoʻyilishi mumkin.
Labubuga boʻlgan talab shu qadar yuqori boʻldiki, rasmiy vebsayt ishini kamida bir marta yuqori sotuv takliflari sabab toʻxtatgan holat qayd etilgan. Brend ommalashgani bois, qalbakilashtirilgan mahsulotlar ham bozorda paydo boʻldi – baʼzan ular „Lafufu“ deb nomlanadi. Qalbakilashtirilgan aksessuarlar ham internet orqali sotuvga chiqarilgan .Baʼzi kolleksionerlar esa noodatiy dizayni tufayli bu qalbaki mahsulotlarga ham qiziqish bildirgan.
Pop Martning 2024-yil 20-avgustda eʼlon qilingan oraliq hisobotida ushbu toʻplam loyihasi yilning birinchi yarmida 6,3milliard Xitoy yuani (taxminan 870million AQSh dollari) daromad keltirgani aytilgan.
Rossiyada esa Federatsiya Kengashi Labubuni sotishni taqiqlash taklifini berdi. Bunga sabab sifatida ularning „qoʻrqinchli koʻrinishi“ va bolalar ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi keltirilgan. Fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasi rais oʻrinbosari Yekaterina Altabaeva bu figuralar bolalarda qoʻrquv uygʻotishini aytgan va Rospotrebnadzor hamda Rosobrnadzorga ularni taqiqlash imkoniyatini koʻrib chiqishni tavsiya qilgan. Davlat Dumasining Oila masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Tatyana Butskaya Labubular Rossiyada amaldagi meʼyorlarga zid tarzda sotilayotganini bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, oʻyinchoqlar ustida rus tilida yozilgan hech qanday yozuv boʻlmagan, shuningdek, ularning ishlab chiqaruvchisi Rossiyada emasligi ham koʻrsatilmagan. Biroq ishlab chiqaruvchi bu oʻyinchoqni bolalar uchun moʻljallangan deb taqdim etmaydi: uning yosh cheklovi 15 yoshdan katta deb belgilangan.
Manbalar
Turkum:Oʻyinchoq brendlari Turkum:Yumshoq oʻyinchoqlar Turkum:2015-yilda tanishtirilgan badiiy qahramonlar Turkum:Oʻyinchoq kolleksionerligi Turkum:2010-yillardagi oʻyinchoqlar Turkum:2020-yillardagi oʻyinchoqlar Turkum:2020-yillardagi urf va trendlar