Ibn Banu () – Abbosiylar sulolasi uchun al-Bahraynning hokimi, rasmiy tarzda ushbu lavozimni egallagan boʻlsa-da, haqiqiy siyosiy yoki harbiy hokimiyatga ega boʻlmagan. 903-yilga qadar ushbu lavozimda xizmat qilgan.

Faoliyati Musulmon tarixchisi at-Tabariy oʻzining „Annals“ (Paygʻambarlar va hukmdorlar tarixi) asarida Ibn Banunig nomini faqat bir marta tilga olgan. Ibn Banu xalifalik xizmatidagi harbiy qoʻmondon boʻlgan boʻlishi mumkin, chunki u Abu Saʼid Jannobiy boshchiligidagi Qarmatlarni quvib chiqarish maqsadida al-Bahraynga yuborilgan. Ibn Banu Bagʻdoddagi markaziy hokimiyatga xabar yuborib, Qarmatlar qal’asiga toʻsatdan hujum uyushtirganini va uning himoyachilarini yengganini bayon qilgan. 903-yil oktyabr oyida undan yana bir xabar kelib tushgan, unda Ibn Banu al-Qatifga hujum qilganini yozgan. Uning qoʻshini Qarmatlarni tor-mor keltirgan va ularning sarkardasini Abu Saʼid tomonidan voris etib tayinlangan kishini oʻldirgan. Shundan soʻng ular al-Qatif ustidan gʻalaba qozonib, shaharni egallaganAl-Tabari, p. 128 & n. 626.

Ibn Banu haqida bundan keyingi manbalarda maʼlumot keltirilmagan, biroq Abbosiylar tomonidan al-Qatifning qayta zabt etilishi uzoqqa choʻzilmagan, chunki Qarmatlar tez orada vohani yana oʻz nazorati ostiga olganRentz, p. 764.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abbosiylar xalifaligi qoʻmondonlari Turkum:Abbosiylar xalifaligi hokimlari Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari