Karuṇā () odatda rahm-shafqat yoki mehribonlik deb tarjima qilinadi, baʼzan esa oʻziga nisbatan rahm yoki ruhiy sogʻinch maʼnolarida ham ishlatiladiSanskritcha soʻz haqida batafsil: „“ asarida ushbu soʻz ot shaklida „achinish, rahm-shafqat“ deb izohlangan.Pali tilidagi shakli uchun qarang: „“  – bu yerda ham „achinish, rahm-shafqat“ deb izohlangan, qarang: .Zamonaviy olimlar, tarjimonlar va sharhlovchilar ushbu soʻzni doimiy ravishda „rahm-shafqat“ deb tarjima qilganlar, „achinish“ emas. Buni quyidagi manbalarda koʻrish mumkin: , , , , , , hamda .. Bu tushuncha hind diniy anʼanalarida – Hinduizm, Buddaviylik, Sikhizm va Jaynizmda muhim ruhiy tushunchadir.

Hinduizm Hinduizmda ruhiy kamolotga intiluvchi kishida rivojlantirilishi tavsiya etilgan asosiy fazilat va sifatlardan biridir. Koʻplab hindu xudolari rahm-shafqat timsoli sifatida tasvirlanadiKaruna hinduismpedia . Karuṇā koʻpincha boshqa fazilatlar – „Maitri“ (mehr-oqibat) va „Ahimsa“ (tinchlikparvarlik) bilan bogʻliq holda tushuniladi. Bu fazilatlar birgalikda adolatli va maʼnaviy jihatdan toʻkis hayot asosini tashkil etadi. Soʻzning ildizi sanskritcha kara, yaʼni „amalga oshirmoq“, „qilmoq“ degan maʼnoni bildiradi, bu esa uni gʻamginlik yoki achinish kabi passiv tuygʻular oʻrniga faol rahm-shafqat sifatida talqin qilish zarurligini anglatadi. Hindu mifologiyasida „Karuṇā“, yaʼni rahmdillik tushunchasi chuqur ildizga ega boʻlib, u koʻpincha rivoyatlar, obrazlar va taʼlimotlar orqali ifodalanadi. Har bir hindu avatarining hikoyasi – bu ilohiy rahm-shafqatning amaliy ifodasidir. Masalan, Shiva Tandava Stotrada Shiva „Karunavataram“ deb taʼriflanadi, yaʼni rahm-shafqatni oʻzida mujassamlashtirgan koʻrinishda tasvirlanadiBhandari, N. B. (2022). *The Outlook: Journal of English Studies*. Outlook, 13, 100–114..

Navarasa Karuṇā klassik hind sanʼati va adabiyotida asosiy toʻqqizta rasadan (estetik prinsiplar) biridirSchwartz, Susan L. *Rasa: Performing the divine in India*. Columbia University Press, 2004.. Karuṇā Rasa, yaʼni rahm-shafqat hissi, Ramayana eposida muhim mavzu hisoblanadi. Doston voqeasi donishmand Valmiki tomonidan bir juft krauncha (Sarus) qushlarining fojeaviy voqeasini kuzatishdan boshlanadi. Ovchi erkak qushni oʻldirgach, uning jufti azobda qoladi va Valmiki hayajonli ilhom bilan ovchini laʼnatlaydi – bu Ramayananing ilk shlokasiga (sheʼriy satr) aylanadi. Bu holat – gʻam, achinish va rahm bilan toʻlib-toshgan – Ramayananing asosiy mavzulari boʻlmish muhabbat, ayriliq va yoʻqotishni boshlangʻich tarzda ifodalaydi. Keyinchalik Brahma xudo Valmikiga Ramayanani yozishni buyuradi va butun hikoyani vahiy orqali unga oshkor qiladi.

Yoga Yoga falsafasining asosiy manbasi boʻlgan Patanjalining Yoga-sutralari – yoga nazariyasi va amaliyotini tushuntiruvchi qisqa sanskrit hikmatlar toʻplami – Karuṇā tushunchasiga alohida eʼtibor qaratadi.

Undagi mashhur satr:

maitrī-karuṇā-muditopekṣaṇāṃ sukha-duḥkha-puṇyāpuṇya-viṣayāṇāṃ bhāvanātaś citta-prasādanam

bu hayotdagi ikki qirraliliklarga – baxt (Sukha) va iztirob (Duhkha), ezgulik (Punya) va gunoh (Apunya) holatlariga nisbatan Maitri (doʻstlik), Karuṇā (rahm-shafqat), Mudita (quvonch) va Upeksha (xotirjamlik) tuygʻularini rivojlantirish zarurligini taʼkidlaydi. Patanjaliga koʻra, bu amaliyot chitta-prasādanam – ong osoyishtaligiga erishishda muhim omildir va yoga falsafasining psixologik hamda axloqiy poydevorini tashkil qiladi.

Buddaviylik barcha buddaviylik maktablarida muhim tushuncha hisoblanadi. Theravada buddistlari uchun holatida yashash bu dunyoda baxtli hayot kechirish va ilohiy qayta tugʻilish (jannatga kirish) vositasidir. Mahāyāna buddistlari uchun esa  – Bodhisattva maqomiga erishish uchun zarur boʻlgan asosiy fazilatlardan biridir.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

— Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyodagi Karuna-Shechen jamg‘armalari tarmog‘i Himoloy mintaqasidagi gumanitar loyihalar uchun mablag‘ yig‘moqda.

Turkum:Sanskritcha so‘z va iboralar Turkum:Mehr-oqibat Turkum:Rahm-shafqat Turkum:Buddizmning falsafiy tushunchalari Turkum:Buddaviylik taʼlimotidagi ezgu fazilatlar Turkum:Buddist meditatsiyasi