Takin al-Xassa Abu Mansur Takin ibn Abdulloh al-Harbiy al-Xazoriy () (933-yil 16-martda vafot etgan) – asli xazarlardan boʻlgan Abbosiylar xalifaligi qoʻmondoni, uch marta Misr hokimi lavozimida xizmat qilgan.

Takin xalifa al-Mu’tadid () davrida voyaga yetib, zobitlik darajasiga koʻtarilgan. 910-yil avgust oyida Iso an-Nushariyning oʻrniga Misr hokimi etib tayinlangan va bu lavozimda 915-yil 31-maygacha xizmat qilgan. Biroq viloyatga qilingan Fotimiylar bosqinini jilovlay olmagani sababli bosh qoʻmondon Mu’nis al-Muzaffar tomonidan lavozimidan chetlatilgan va uning oʻrniga Zuka ar-Rumiy tayinlangan.

919-yil kuzida Zuka vafot etgach, Fotimiylarning ikkinchi yurishi avjiga chiqqan pallada Takin yana Misr hokimi lavozimiga tayinlandi. U 920-yil 6-yanvarda Fustatga yetib keldi. Bu safar ham Mu’nis al-Muzaffar boshchiligidagi armiya va Samal ad-Dulafiy boshchiligidagi flot aralashuvi tufayli Fotimiylar bosqiniga barham berildi. 921-yil 8-iyulda Fotimiylarning soʻnggi qoʻshinlari Fayyum vohasini tark etib, sahro orqali chekinishga majbur boʻlishdi. Takin 22-iyulda lavozimidan chetlatilgan boʻlsa-da, bir necha kun oʻtib, qisqa muddatga yana bu xizmatga qayta tiklandi.

Uning uchinchi va eng uzoq xizmat davri 924-yilning mart/aprelida boshlangan va 933-yil 16-martda oʻlimiga qadar davom etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:933-yilda vafot etganlar Turkum:10-asr Misrdagi Abbosiy hokimlari