B4 – bu suzish, velosport, va bowls kabi bir qancha sport turlarida qoʻllaniladigan koʻzi ojizlar sport tasnifi. Boshqa koʻzi ojizlar toifalaridan farqli oʻlaroq, bu sinfga kiritilish faqatgina koʻrish oʻtkirligi asosida aniqlanadi.
Taʼrifi Bu koʻrish qobiliyati zaif odamlarga moʻljallangan tibbiy tasnif hisoblanadi. Boshqa koʻrlar sporti toifalaridan farqli ravishda, bu tasnif faqatgina koʻrish oʻtkirligi asosida belgilanadi.
BlindSports SA bu tasnifni quyidagicha izohlaydi: „Bu 6/60 dan yuqori va 6/24 (25% gacha) koʻrish oʻtkirligigacha boʻlgan koʻrish darajasini oʻz ichiga oladi. Koʻrish maydoni hisobga olinmaydi.“
USABA esa bu tasnifni quyidagicha tariflaydi: „Koʻrish oʻtkirligi 20/200 dan yuqori va 20/70 gacha boʻlgan holatlar hamda eng yaxshi amaliy koʻrish uzoqligi, eng yaxshi holatda katta koʻrish maydoni 20 darajadan koʻp emas.“
Nazorat qilinishi Amerika Qoʻshma Shtatlarida bu tasnif United States Association of Blind Athletes (USABA) tomonidan boshqariladi.
Yangi Zelandiyada bu tasnif Blind Sport New Zealand tomonidan boshqariladi.
Buyuk Britaniyada esa bu tasnif British Blind Sport (BBS) tomonidan nazoratga olingan va ushbu tashkilot mamlakat miqyosida Sport England tomonidan tan olingan.
Sportga xos darajada, Blind Sailing Buyuk Britaniyada ushbu toifadagi milliy boshqaruvni amalga oshiradi. BBS esa Buyuk Britaniyada koʻzi ojizlar kriketi boʻyicha nazoratni olib boradi .Shotlandiyada golf boʻyicha esa tasniflashni Scottish Blind Golf tashkiloti amalga oshiradi.
Sport Ushbu tasnifga kiruvchi sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Bu tasnif Kanadada, Avstraliyada, AQShda va Buyuk Britaniyada milliy darajadagi musobaqalarda qoʻllaniladi.
B4 toifasi quyidagi sport turlarida qoʻllaniladi: suzish (sailing), bowls suzish, va velosport.
B4 toifasidagi velosportchilar tandem velosportda yoʻlkoʻrsatuvchi haydovchi bilan ishtirok etadilar. Baʼzi hollarda IBSA yoshlar oʻrtasidagi suzish (blind sailing) xalqaro musobaqalarida B4 toifasidagi sportchilarga ham ruxsat beriladi.
Koʻzi ojizlar kriketida B1, B2, B3 va B4 toifasidagi kriketchilar bir vaqtda oʻyin oʻynashadi, biroq maydonda bir vaqtning oʻzida B2, B3 va B4 toifasidagi jami eng koʻpi bilan yetti nafar oʻyinchi boʻlishiga ruxsat etiladi.
Scottish Blind Golf ushbu tasnifdagi golfchilarga erkaklar uchun maksimal 28, ayollar uchun esa biroz yuqoriroq nogironlik koʻrsatkichini belgilaydi.
Tarixan, English National Association of Visually Handicapped Bowlers bu toifaga tasniflashda koʻrish maydonining cheklanganligini inobatga olgan, biroq keyinchalik bu mezon olib tashlangan, chunki bu omil bowls sportidagi harakat qobiliyatiga taʼsir qilmagan.=.
Suzish sportida ushbu tasnifdagi sportchilar 2012-yilgi Avstraliya koʻzi ojizlar sport assotsiatsiyasi Suzish chempionatida ishtirok etish huquqiga ega edilar.
Koʻzi ojizlar uchun kamonchilikda ushbu tasnifga ekvivalent boʻlgan VI Open nomli toifa mavjud boʻlib, bu toifa koʻrish qobiliyati 20 darajadan kam boʻlgan sportchilar uchun moʻljallanganref name="JohnsonKeating2008"></ref>. Ularga kamon nishonidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ot sportida esa ushbu toifadagi sportchilar uchun Paralimpiya sporti sifatida qatnashish imkoni mavjud emas.
Tarixi Ushbu tasnif koʻzi ojizlar sporti tarixining dastlabki bosqichlariga borib taqaladi. Koʻrish qobiliyati uncha ogʻir boʻlmagan sportchilarning koʻrishida jiddiy nuqsoni bor raqobatchilarga nisbatan ustunligi bor degan fikr mavjud edi. IBSA bu sohadagi teng raqobatni taʼminlash uchun koʻrish keskinligi boʻyicha tasnif tizimini ishlab chiqqan.
Xalqaro nogironlar sport tashkiloti (ISOD) 1976-yilda koʻzi ojizlar uchun tasnif tizimini ishlab chiqqan edi. IBSA ning paydo boʻlishi bilan ISOD tasnif tizimi asosiy tasniflash usuli sifatida ustunlikka erisha olmadi. Koʻzi ojizlar sporti uchun dastlabki tasnif tizimi IBSA tomonidan 1980-yilda ishlab chiqilgan.
Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi 2003-yilda „aniq, ishonchli, izchil va ishonarli sportga yoʻnaltirilgan tasniflash tizimlari va ularning amaliyotga tadbiq etilishini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish“ maqsadida amalga oshirilgan.
B4+ B4 dan yuqori boʻlgan koʻzi ojizlar sporti tasnifi – B4+ mavjud. Bu Buyuk Britaniyada qoʻllaniladi va quyidagicha taʼriflanadi: „Koʻrish keskinligi 6/24 boʻlgan shaxs olti metr masofada Snellen jadvalidagi uchta yuqori qatordagi belgilarni oʻqiy oladi.“
Manbalar
Turkum:Para-atletika tasniflari Turkum:Ko‘rlar sporti tasniflari