Tyrique Aaron Delali Yusuff George (2006-yil 4-fevralda tugʻilgan) – angliyalik professional futbolchisi, Preymer-liganing „Everton“ klubi vingeri.
Klublardagi karyerasi Londonda tugʻilgan George 2014-yilda „Chelsea“ akademiyasining 8 yoshgacha boʻlgan yosh toifasidagi jamoasiga borib qoʻshilgan. U 11 yoshdan 14 yoshgacha Unique FA bilan mashgʻulotlar oʻtkazgan. 2023-yil 22-aprelda George U-18 Premyer-liga oʻyinida „Crystal Palace“ darvozasiga 32 metrdan gol kiritgan. Bu gol „Chelsea“ning 2023-yil aprel oyidagi eng yaxshi goli mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan.
George 2024-yil 15-aprelda „Chelsea“ning Preymer-liga doirasidagi „Everton“ ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida zaxira qaydnomasiga kiritilagan, ammo maydonga tushirilmagan. Oʻsha yilning oxirida, 17-iyun kuni u klub bilan shartnomasini 2027-yilga qadar uzaytirgan.
2024-yilning 29-avgustida George UEFA Konferensiyalar ligasining 2024-2025-yilgi pley-off bosqichida „Servette“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, „Chelsea“ safidagi debyutini oʻtkazgan. 2025-yilning 10-aprelida George ushbu turnir chorak finalida „Legia Warsaw“ klubiga qarshi safarda 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda londonliklar safidagi ilk golini kiritgan. 2025-yil 20-aprelda George Preymer-ligadagi ilk golini mahalliy raqibi „Fulham“ga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda kiritgan va jamoasining 2:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminlagan. U UFFA Konferensiyalar ligasi finalida „Real Betis“ga qarshi qaydnomaga kiritilgan ammo oʻyin yakuniga qadar zaxirada qoldirilgan.
Statistikasi
+ Klub miqyosidagi statistikasiKlubMavsumLigaAngliya kubogiAngliya liga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChelsea U-212023–24————3030Chelsea2024–25Premyer-liga812010131212632025–26Premyer-liga00000000—00Total81201013121263Career total81201013151293
Sovrinlar Chelsea UEFA Konferensiyalar Ligasi: 2024–2025 FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2025
Shaxsiy „Chelsea“ akademiyasining yil oʻyinchisi: 2025.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli vingerlari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Konferensiyalar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Angliya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari