Hannah Elizabeth Aspden (2000-yil 11-iyunda tugʻilgan) – amerikalik para suzuvchi. 2016-yilda Olimpiya yoki Paralimpiya oʻyinlaridan birida medal olgan AQSh jamoasi tarkibidagi eng yosh suzuvchi. 2019–2020-yilgi mavsumda Queens University of Charlotteda oʻqish davomida Aspden 100 metrga chalqancha va 100 metrga erkin uslubda suzish boʻyicha AQSh Paralimpiya oʻyinlarining qisqa masofaga suzish boʻyicha rekordlarini yangilagan.

Yoshlik yillari Aspden Shimoliy Karolina shtatining Raleigh shahrida chap oyoqsiz tugʻilgan. Onasining ismi Jennifer Aspden. U 4 yoshida suzishni oʻrgangan, chunki mahalliy YMCA basseynining chuqur qismiga kirishni xohlagan. Oʻn yoshga toʻlganida suzish boʻyicha birinchi marotaba musobaqada ishtirok etgan va shu yerda nafaqadagi para suzuvchi Elizabeth Stone bilan tanishgan. Ikki yil oʻtib, Aspden AQShning Rivojlanayotgan jamoasi tarkibiga kiritilgan va 13 yoshida AQSh milliy jamoasining eng yosh aʼzosi boʻlgan.

Aspden 7 va 8-sinflarini Quest Academy Charter Schoolda oʻqigan, soʻngra Leesville Road High Schoolga oʻtgan.

Karyerasi Aspden 2014-yilda AQSh jamoasiga kirish uchun oʻtkazilgan tanlovda S9/SB8/SM9 toifalari boʻyicha bahslarda boshqa nomzodlardan 0,01 soniya yaxshiroq natija koʻrsatgan va jamoaga tanlab olingan. Natijada, u 2014-yilgi Pan Pacific suzish chempionatida milliy jamoa tarkibida oʻzining debyut ishtirokini amalga oshirgan va ushbu musobaqada 30.47 soniya natijani qayd etgan.

Aspden Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ilk bor 2016-yilda ishtirok etdi va shu yil Olimpiya yoki Paralimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan AQSh jamoasi tarkibidagi eng yosh suzuvchiga aylandi. Aspden ushbu musobaqada 100 metrga chalqancha suzish boʻyicha bahslarda, shuningdek, 4x100 metrga aralash estafeta yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyingi yili, yaʼni 2017-yilda sportchi Jahon chempionatda ishtirok etuvchi AQSh jamoasi tarkibiga tanlab olingan va Queens University of Charlottega oʻqishga kirishni rejalashtirgan.

2018-yilgi para suzish boʻyicha Pan Pacific chempionatida Aspden 4×100 metrga aralash estafeta bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Keyingi yili Parapan Amerika oʻyinlarida esa S9 toifasida ayollar oʻrtasida 100 metrga chalqancha suzish hamda 400 metrga erkin uslubda suzish yoʻnalishlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Oʻquv yili davomida Aspden 6 ta suzish musobaqalarida ishtirok etdi va 100 metrga chalqancha suzish hamda 100 metrga erkin uslubda suzish boʻyicha Amerika Paralimpiya oʻyinlarining qisqa masofaga suzish boʻyicha rekordlarini yangilagan.

2022-yil 14-aprel kuni Aspden AQSh nomidan 2022-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun jamoa tarkibiga tanlab olingan. 2023-yil 29-aprel kuni esa yana bir bor 2023-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSh terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

Shaxsiy hayoti Aspdenning bir akasi va bir opasi bor. Sportchining eng sevimli musiqiy janri klassik rok hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:21-asr amerikalik sportchi ayollar Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Amerikalik chalqancha suzuvchi ayollar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar