Noelia Gil Pérez (1994-yil 23-mayda tugʻilgan) Real Betis ayollar jamoasida darvozabon ampluasida oʻynaydigan Ispaniyalik professional futbolchi.

Yoshligi va shaxsiy hayoti Gil Madrid shahrida joylashgan Carabachel tumanida ishchi oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi bosmaxonada va onasi referent-yordamchi lavozimida ishlagan. Gilning oilasi Real Madrid klubi muxlisi boʻlishgan. Futboldan tashqari u yana suzish va basketbol bilan ham shugʻullangan. Gil oilada yagona farzand.

Gil Madrid Texnik Universitetining INEF boʻlimida oʻqituvchilik boʻyicha magistr darajasiga ega. Shuningdek unda ingliz tilidan ham darajasi bor.

Klubdagi faoliyati Gil Ispaniya ayollar Premier-ligasidagi faoliyatini Atlético Madrid jamoasida boshlagan. Yoshlar akademiyasidagi yillar bilan umumiy u 15 yilni klubda oʻtkazgan.

2018-yil yanvar oyida ligaga chiqishga muvaffaq boʻlgan Sevilla jamoasiga Granadilla jamoasidan Pamela Tajonarga raqib sifatida qoʻshilgan. 2019-yil iyun oyida klubda 10 ta oʻyin oʻtkazgandan keyin klubdan ketishini eʼlon qilgan. 2019—2020-yilgi Segunda Division mavsumi boshlanishida Gil Málaga jamoasi safiga qoʻshilgan. U bir mavsumni klubda oʻtkazib, 21 ta gol oʻtkazgan holda ligadagi 4chi eng yaxshi natijani qayd etgan. 2020-yilda Gil Málaga jamoasidan Valencia jamoasiga transfer qilingan.

2023-yil 2-iyulda Gil OH Leuven jamosi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati Ispaniya U17 jamoasi azosi sifatida Gil 2011-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan UEFA Ayollar chempionatida gʻolib boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ayol futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik ayol futbolchilar Turkum:Liga F futbolchilari