Emin () — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Halol, ishonchli, vakil qilingan, nazoratchi degan maʼnolarni anglatadi. Ushbu ism koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan Amin ismining turklarda tarqalgan shakli. Emin ismi Turkiyadan tashqari Ozarbayjonda ham mashhur ismlardan hisoblanadi. Behindthename saytining Ozarbayjon Adliya vazirligining maʼlumotiga tayanib bergan statistikalarga koʻra, ushbu ism 2015-yildan buyon har yili Ozarbayjonda qoʻyiladigan eng mashhur 50 ta erkak ismlari orasidan joy olib kelmoqda. Taniqli shaxslar Emin Usmon — yozuvchi, tarjimon, Toshkentdagi uygʻur madaniyat markazi rahbari, 20 dan ortiq kitoblar muallifi, SSSR va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Emin Mahmudov — ozarbayjonlik professional futbolchi. Yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qiladi. Emin Amrullayev — Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim vazirligining vaziri, siyosatchi. Emin Cihangir Akşit — turkiyalik askar, NATO Standartlashtirilgan ofisining sobiq rahbari. Yana qarang Amin Amina Emine Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Emin (ism) · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.