Mike Louis Penders (2005-yil 31-iyulda tugʻilgan) – belgiyalik professional futbolchi, darvozabon sifatida Ligue 1ning „Strasbourg“ klub (Premyer-liganing „Chelsea“ jamoasidan ijaraga olingan) darvozaboni.

Klublardagi karyerasi Genk Penders dastlab „Boorsem Sport“ va „Bregel Sport“ jamoalari akademiyasida tarbiya topgan, 2018-yilda esa „Genk“ning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.

2021-yil 30-aprelda u „Genk“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. 2022-yil 25-may kuni esa shartnomasini 2025-yilga qadar uzaytirdi.

2022–2023-yilgi mavsumda u zaxira jamoasi „Jong Genk“ tarkibda oʻynay boshladi va uyerda „Lierse“ga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan oʻyinda debyut qildi.

2023-yil 23-avgustda u shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi. 2023–2024-yilgi mavsumdan esa Penders „Jong Genk“ jamoasiga sardor etib tayinlandi.

2024-yil 28-iyulda Maarten Vandevoordtning klubni tark etishi va Hendrik Van Crombruggening jarohati ortidan Penders „Genk“ning asosiy jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi. Futbolchi „Standard Liège“ga qarshi Belgiya Pro Ligasidagi uchrashuvda (0:0) debyut qildi. Bu vaqtda u 18 yosh-u 363 kunlik boʻlib, liga tarixida maydonga tushgan eng yosh uchinchi darvozabonga aylandi.

Chelsea 2024-yil 27-avgust kuni Pendersning 2025-yil yozida Premyer-liganing „Chelsea“ jamoasiga qoʻshilishi eʼlon qilindi.

2025-yil 28-iyulida esa u Ligue 1 klubi „Strasbourg“ga bir mavsumlik ijara asosida qoʻshildi .

Terma jamoadagi karyerasi Penders Belgiya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. 2023-yilda u Belgiya U-19 terma jamoasiga chaqirilgan va u yerda sardorlik ham qilgan.

Statistikasi

+ KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga kubogiMintaqavoyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarJong Genk2021–2022Challenger Pro League00————002022–2023Challenger Pro League90————902023–2024Challenger Pro League250————2502024–2025Challenger Pro League50————50Umumiy390————390Genk2024–25Belgian Pro League21040———250Chelsea2024–2025Premyer-liga————00002025–2026Premier League00000000—00Umumiy000000000000Strasbourg (ijara)2025–2026Ligue 1100000—10Karyerasidagi umumiy61040000000650

Sovrinlar Chelsea FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2025 Manbalar

Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:RC Strasbourg Alsace futbolchilari Turkum:K.R.C. Genk futbolchilari Turkum:Futbol darvozabonlari Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar