Andrew Abiola Omobamidele (2002-yil 23-iyunda tugʻilgan) – irlandiyalik professional futbolchi, himoyachi sifatida Ligue 1 „Strasbourg“ klubi va Irlandiya terma jamoasida oʻynaydi.
Yoshlik yillari Omobamidele Kildare grafligidagi Leixlip shahrida tugʻilgan. Onasi irlandiyalik hamda otasi nigeriyaliklar boʻlishgan. Yoshligida u Dublin District Schoolboys League vakillik jamoasida hozirda Irlandiya terma jamoasi futbolchi Gavin Bazunu bilan birga toʻp surgan.
Klublardagi karyerasi Norwich City 2020-yil 23-dekabrda Omobamidele „Norwich City“ klubi bilan ilk professional shartnomasini imzolagan.
U 2021-yil 16-yanvarda Championship doirasidagi „Cardiff City“ga qarshi oʻyinda (2–1) zaxiradan maydonga tushib, „Norwich“ safida debyut qilgan. Omobamidele ilk bor asosiy tarkibda 2021-yil 2-aprelda „Preston North End“ga qarshi uchrashuvda (1–1) toʻliq 90 daqiqa oʻynagan va uchrashuvning „Eng yaxshi futbolchisi“ deb topilgan.
2021-yil 11-sentyabrda u Premyer-ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazib, „Arsenal“ga qarshi safardagi bahsda (0–1) 90 daqiqa toʻliq maydonda harakat qilgan. 2021-yil 31-oktyabrda Omobamidele nafaqat Premyer-liga, shu bilan birga professional futbolchilik faoliyatidagi ilk golini kiritgan. U Carrow Road stadionida boʻlib oʻtgan uchrashuvda burchak zarbasidan uzatmani boshi bilan darvozaga aniq yoʻllab hisobni tenglashtirgan, ammo baribir yakunda jamoasi "Leeds Unitedga 1–2 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
Nottingham Forest 2023-yil 1-sentyabrda Omobamidele Premyer-liganing „Nottingham Forest“ jamoasi bilan 2028-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. Transfer narxi taxminan 11 million funt sterlingga baholandi.
U klub safidagi ilk golini Angliya kubogining 3-bosqichining javob uchrashuvida „Blackpool“ga qarshi oʻyinda kiritdi. Ushbu bahsda „Forest“ qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 3–2 hisobida gʻalaba qozondi. Omobamidele ligadagi debyutini 2024-yil 20-yanvarda Gtech Community Stadiumda „Brentford“ga qarshi oʻyinda (2–3) oʻtkazdi.
Strasbourg
2025-yil 24-yanvarda Omobamidele mavsum oxirigacha ijara asosida Ligue 1ning „Strasbourg“ klubi safiga qoʻshildi . Oʻsha yilning 24-iyunida esa u klub bilan 2029-yilgacha moʻljallangan toʻliq shartnoma imzolab, transferni yakunladi.
Terma jamoadagi karyerasi 2021-yil 24-may kuni Omobamidele yozgi Andorra va Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari uchun Irlandiya terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi.
U oʻzining xalqaro maydondagi debyutini 2021-yil 1-sentyabrda Portugaliyaga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralash uchrashuvida, Faro shahridagi Estádio Algarve stadionida, jarohat olgan Dara O'Shea oʻrniga 36-daqiqada maydonga tushib amalga oshirdi.
Statistikasi Klub
+KlubMavsumLigaMilliy kuboklarLiga kubogiBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNorwich City U-232019–2020———20202020–2021———3030Umumiy———5050Norwich City2020–2021Championship900000—902021–2022Premyer-liga510020—712022–202Championship3411000—3512023–2024Championship20—20—40Umumiy5021040—552Nottingham Forest2023–2024Premyer-liga11031——1412024–2025Premyer-liga000010—10Umumiy1103110—151Strasbourg (ijara)2024–2025Ligue 110010——110Strasbourg2025–2026Ligue 10000—1010Karyerasidagi umumiy712515060873
Terma jamoa
+Terma jamoaYilOʻyinlarGollarIrlandiya202150202320202430Umumiy100
Sovrinlar Norwich City EFL Championship: 2020–2021
Manbalar
Turkum:RC Strasbourg Alsace futbolchilari Turkum:Norwich City F.C. futbolchilari Turkum:Nottingham Forest F.C. futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Irlandiyalik erkak aktyorlar