Jenna Jones (2001-yil 19-yanvarda tugʻilgan) – avstraliyalik para suzuvchi. 2016-yilgi Rio Paralimpiadasi va 2024-yilgi Parij Paralimpiya oʻyinlarida Avstraliya sharafini himoya qilgan.
Biografiyasi Jenna Jones 2001-yil 19-yanvarda tugʻilgan. Oilada olti farzandning beshinchisi, toʻrt akasi va bir singlisi bor. U bolalar bog‘chasida o‘qib yurganida, noyob degenerativ ko‘z kasalligi tayoqcha-konus distrofiyasitashxisi qoʻyilgan.
Jenna Jones St Columba oʻrta maktabida taʼlim olgan va TAFEda oʻrta maktab sertifikatiga ega boʻlgan. Shundan soʻng u oʻzining hayotini tubdan oʻzgartiruvchi qaror qabul qilgan holda boshqa shtatga yaʼni Sunshine Coastga koʻchib oʻtgan.
Suzish Jenna Jones turli sport turlari bilan shugʻullangan, ammo koʻrish qobiliyati yomonlashgani sababli suzishga asosiy eʼtiborini qaratgan. U suzish hovuzi oxiriga yaqinlashayotganida „ogohlantiruvchi tayoqcha“lardan foydalanadi. Dastlab Jenna tezlikka suzishda qiynalgan, chunki boshqa suzuvchilarning suv toʻlqinlari koʻrish qobiliyati pasayganligi sababli paydo boʻladigan bosh aylanishini yanada kuchaytirgan. 2014-yilda yangi murabbiy Nick Robinson unga yordam berishga qaror qildi. Shunday qilib Jenna yangi murabbiy qoʻl ostida shugʻullana boshlagach, olti oy davomida uning natijalari sezilarli darajada yaxshilandi.
Jones oʻsha yili yaʼni 13 yoshida ilk marotaba Avstraliya ochiq chempionatida qatnashib, oʻn bir yosh toifasi boʻyicha oʻrnatilgan rekordini oʻrnatdi. Musobaqada suzuvchi ikkita kumush va ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yilgi Ochiq chempionatda u kasallikka chalinganiga qaramay, 50 metrga chalqancha suzish yoʻnalishi boʻyicha kumush medalga ega chiqdi. Soʻngra 2015-yilgi Avstraliya yoshlar chempionatida oltita oltin va uchta kumush medalni qoʻlga kiritib, S13 toifasida toʻqqizta Avstraliya va oʻnta New South Wales rekordini yangiladiCurtin, Jennie (28 April 2015). „Faulconbridge swimmer Jenna Jones the star of the pool“. Blue Mountains Gazette. Retrieved 19 April 2016.. Shu yilning noyabr oyida esa Jenna 50 metrga chalqancha suzish boʻyicha ilk marotaba oʻzining milliy rekordini oʻrnatdi.
Jenna Jones aslida Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridan koʻraCurtin, Jennie (28 April 2015). „Faulconbridge swimmer Jenna Jones the star of the pool“. Blue Mountains Gazette. Retrieved 19 April 2016. 2020-yilgi Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishni maqsad qilgan edi. Biroq 2016-yilda Adelaida shahrida oʻtkazilgan Avstraliya suzish chempionatida u Rioda boʻlib oʻtadgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun saralash musobaqalarida ishtirok etdi. Musobaqada Jenna 50, 100 va 400 metrga erkin uslubda, 100 metrga chalqancha uslubda hamda 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha kerakli meʼyorlarni bajardi va 2016-yil 14-aprelda Avstraliya Paralimpiya suzish terma jamoasi aʼzosi deb eʼlon qilindi.
2016-yilda Jenna Jones Rio-2016 Paralimpiya oʻyinlarida beshta yoʻnalishda ishtirok etdi. Suzuvchi ayollar oʻrtasida S13 toifasida 50 metrga erkin uslub va S13 toifasida 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishlarida finalga qadar yetib bordi va finalda yettinchi oʻrinni egalladi. Ammo S13 toifada 100 metrga erkin uslubda, SM13 toifada 200 metrga kompleks suzish va SB13 toifada 100 metrga brass usulida suzish yoʻnalishlarida finalga chiqa olmadi. Murabbiyi Nick Robinson Riodan oldin Jones bilan mashgʻulot olib borgan va unga koʻngil aynishi hamda bosh aylanishini kamaytirishga yordam bergan. Murabbiyi Jennaga shunday degan edi: „Ammo bu sening tanloving. Sen buni boshqarishni boshlashing kerak. Hayotda ogʻriqni, qoʻrquvni va hamma narsani boshqarishni oʻrganishing lozim.“ Jones esa oʻzining Rio Para Olimpiadasi oldidan tayyorgarligi haqida shunday degan edi: „Chindan ham yaxshi jismoniy holatda boʻlsam, oʻzimni xuddi uchayotgandek his qilaman“.
2022-yilda Angliyaning Birmingem shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Jenna ayollar oʻrtasida S13 toifada 50 metrga erkin uslubda suzish yoʻnalishida 4-oʻrinni egallagan.
2023-yilda Angliyaning Manchester shahrida oʻtkazilgan Para suzish boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida S12 toifada 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2024-yilgi Parij Paralimpiya oʻyinlarida esa uchta yoʻnalishda ishtirok etgan, jumladan, ayollar oʻrtasida S12 toifada 100 metrga erkin uslubda 8-oʻrin, S12 toifada 100 metrga chalqancha suzish boʻyicha 6-oʻrin va SM10 toifada 100 metr brass usulida suzish bahslarida ham 6-oʻrinni egallagan. Manbalar
Havolalar Jenna Jones at the Paris 2024 Summer Paralympics
Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar