Abu Faris Abdulaziz II (; 1394–1434) – Ifriqiyaning Hafsiy xalifasi.
Hayoti Otasi Abu al-Abbos Ahmad II qirollik yaxlitligini tiklaganidan soʻng, Abu Faris uni yanada mustahkamlash ishlarini davom ettirdi. U kuchli hukmdor va eʼtiqodli musulmon shaxs boʻlgan. Qur’on taʼlimotlariga zid deb hisoblagan baʼzi soliqlarni bekor qildi va buning oʻrniga davlat daromadini oshirish uchun nasroniy kemalariga qarshi harbiy-qaroqchilik reydlariga ruxsat bergan. Abu Faris gʻarbdagi qoʻshnilari – Tlemcen qirolligidagi Zayyoniylar sulolasi va al-Andalusdagi siyosiy vaziyatga ham aralashdi.
Harbiy faoliyati 1404-yildan boshlab Abu Faris Libyada harbiy yurish boshladi va Nafusa togʻlariga eʼtiborini qaratdi. Ikki yil oʻtib ham yurish davom ettirildi, Derj shahri zabt etildi, Gʻadamesga qarshi Hafsiylar istilosi boshlandi. Keyingi yili u Matmatani egallab oldi. 1410-yilga kelib esa Nefzaoua mintaqasi ham Hafsiylar nazoratiga oʼtdi.
1413-yilda ular Jazoir shahrini bosib olishda muvaffaqiyatga erishdilar, bu ularga 1415-yildan boshlab Gibraltar boʻgʻoziga chiqishiga yoʻl ochdi, u erda esa Portugaliya flotlariga qarshi koʻplab dengiz janglarida qatnashdilar.
1431-yilda Abu Faris Tlemcenga qarshi harbiy yurish boshladi va bu yurish davomida mahalliy hokim Abu Abdalloh Muhammadni qoʻlga oldi. Shundan soʻng u Marokashga yurish boshladi, biroq bu yurish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi va u Tunisga qaytishga majbur boʻldi.
Yakunda esa aynan Abu Faris Ifriqiyani Hafsiylar hokimiyati ostida birlashtirgan shaxsga aylandi. U ilgari mustaqil boʻlgan bir nechta arab sulolalarini, jumladan, Béjaïa, Qusantina, Tripoli, Gafsa, Tozeur va Biskra hokimiyatini Hafsiylar hukmronligi ostida birlashtirdi.
Manbalar