Ajvad ibn Zamil ibn Saif al-Aqiliy (; 1418—1496) — 15-asr oxirlarida Sharqiy Arabistonning aksariyat qismini yagona davlatga birlashtirgan Jabriylar sulolasi hukmdori. Geneologiyasi Ajvad ibn Zamil al-Aqiliy al-Jabriy bobosining ismi ham Ibn Jabr boʻlgan. Shuningdek, „Mahrez“ degan laqabi ham boʻlgan. Hayoti Ajvad Al-Ahso vohasi—Qatif choʻllarida 1418-yilda tugʻilgan. Akasi Saif Jarvoniylar sulolasining soʻnggi hokimi boʻlgan. 1487-yilda Ibn Jabr Ormus qirolligini oʻz nazoratiga olgandan soʻng, Nabhoniylar sulolasiga qarashli yerlarni ham zabt etdi. 1475-yilda Ormus hukmdori Salgʻurshoh ukasi bilan taxt uchun boshlangan kurashda yordam olish evaziga Ibn Jabrga oʻlpon toʻlashga majbur boʻlgan. Oʻzining mardligi va jasorati bilan butun mintaqada mashhur boʻlgan Ajvad yarim orolda „Eng yaxshisi u, undan yaxshisi yoʻq“ degan ibora bilan yodga olingan. Amirligi hozirgi al-Munazila qishlogʻining gʻarbiy qismida joylashgan. Ajvadga haj safarida 30 mingdan ortiq kishi hamrohlik qilgan. 1496-yilda vafot etgach, oʻrniga oʻgʻli Muhammad oʻtirgan.

Manbalar

Adabiyotlar Khoury, Ibrahim; Al-Tadmouri, Ahmed. سلطنة هرمز العربية (“The Sultanate of Ormus”), vol. 2. Ras Al Khaimah: American University of Ras Al Khaimah Press, 1999. Saadoun, Khaled. مختصر التاريخ السياسي للخليج العربي منذ أقدم حضاراته حتى سنة 1971 (“A Brief Political History of the Arabian Gulf from Its Earliest Civilizations to 1971”). Beirut: Dar Jadawel, 2012. Al-Sakhawi. Al-Daw' al-lami` li ahli al-Qarni al-Tasi. Shaker, Mahmoud. التاريخ الإسلامي، العهد المملوكي (“Islamic History: The Mamluk Era”). Beirut: al-Maktab al-Islami, 2000. Turkum:Jabriylar Turkum:Havozin Turkum:1418-yilda tugʻilganlar Turkum:1496-yilda tugʻilganlar