Sherxon Yoʻlliyevich Allamurodov (1986-yil, Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, huquqshunos. 2025-yil 27-yanvardan buyon Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimi.

Tarjimai holi Sherxon Allamurodov 1986-yilda Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos, podpolkovnik harbiy unvoniga ega.

Mehnat faoliyati Allamurodov mehnat faoliyatini ichki ishlar organlarida boshlagan. Turli yillarda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boʻlim boshligʻi, shuningdek, Jarqoʻrgʻon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2023-yildan Qiziriq tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan. 2025-yil 27-yanvarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning taqdimnomasiga koʻra, Xalq deputatlari Qiziriq tuman kengashining qarori bilan Qiziriq tumani hokimi etib tayinlangan.

2025-yil 23-avgust kuni viloyati hokimi farmoyishiga binoan Allamurodov intizomiy jazoga tortilgan. Unga 2025-yilning birinchi yarmida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish va eksport koʻrsatkichlarini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani sababli Mehnat kodeksining 312-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima chorasi qoʻllangan.

Manbalar