Latif Halmat (, ; 1947-yilda tugʻilgan) – kurd shoiri. U Iroqning Kifri shaharchasida tugʻilgan va 1963-yildan sheʼr yozishni boshlagan. 1970–1980-yillarda jurnalist boʻlib ishlagan. U kurd tilida 20 ta sheʼriy kitob nashr ettirgan va uning koʻplab asarlari boshqa tillarga tarjima qilingan. Shuningdek, u bolalar adabiyoti va drama janrlarida ham ijod qilgan.
U bir qancha sheʼriy toʻplamlarni nashr ettirgan, jumladan: „Xudo va bizning kichik shaharchamiz“ (1970), „Qayta tugʻilish oldida“ (1973), „Qizning sochlari mening yozgi va qishki chodirim“ (1977), „Oq boʻron“ (1978), „Onam oʻqimaydigan xatlar“ (1979) va „Tugallangan va tugallanmagan sheʼrlar“ (1979). U 1970-yillarda sheʼriyat tilini va zamonaviy adabiy usullarni oʻzgartirishga qaratilgan yangi toʻlqin shoirlarning peshqadamlariidan biri boʻlgan. Uning ijodiga Adunis va Magʻut kabi taniqli arab shoirlari taʼsir koʻrsatgan.
Yana qarang
Kurd olimlari roʻyxati
Manbalar