Yazguli Berdimuhammedovich Xoʻjageldiyev (; 1976-yil 27-fevralda Abadan tumanida tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi, hozirda Ashxobodning „Oltin Asr“ klubining bosh murabbiyi. U Turkmanistonning xizmat koʻrsatgan murabbiyi unvoniga sazovor boʻlganZa uspexi v sporte Xodjageldiev stal zaslujennim trenerom Turkmenistana.
Biografiyasi Buzmeyin shahrida tugʻilgan. Futbolchi sifatida „Buzmeyin“ (Buzmeyin), „Dagdan“ (Ashxobod), „>Kopetdag“ (Ashxobod) va „MTTU“ (Ashxobod) jamoalarida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyati
Klub MTTU jamoasining bosh murabbiyi sifatida tanilgan. Uning rahbarligida jamoa uch marta Turkmaniston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan, uch marta Turkmaniston Prezidenti kubogida va ikki marta Turkmaniston Superkubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
2014-yildan buyon Ashxobodning „Oltin Asir“ jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda. Birinchi mavsumning oʻzidayoq jamoani chempionlikka olib chiqdi.
Turkmaniston terma jamoasi 2010-yil fevralda Yazguli Xoʻjageldiyev Turkmaniston futbol terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning rahbarligida terma jamoa 2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogining final bosqichida ishtirok etish uchun Shri Lankaga yoʻl olgan. Ushbu musobaqada Turkmaniston terma jamoasi ilk bor OFK Chaqiruv kubogi finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan, biroq yakuniy oʻyinda KXDR jamoasiga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.
2011-yil martida Turkmaniston milliy terma jamoasi Kuala Lumpurda oʻtkazilgan saralash bosqichida Pokiston va Tayvanni magʻlub etib, Hindiston bilan durang oʻynab, 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogining final bosqichiga chiqishni uddaladi.
2011-yilning yozida Indoneziyaga qarshi JCH-2014 finaliga chiqish uchun boʻlgan birinchi saralash oʻyinida terma jamoa Ashxobodda 1:1 hisobida durang oʻynagan. Keyingi mehmondagi oʻyinda 4:3 hisobida magʻlub boʻlishi esa terma jamoani JCH-2014 yoʻllanmasi uchun kurashdan chiqarib yuborgan.
2012-yilning qishida terma jamoa Turkiyada yigʻin oʻtkazdi. 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogiga tayyorgarlik doirasida Yazguli Xojageldiyev boshchiligidagi Turkmaniston terma jamoasi Ruminiya bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazgan va unda 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
2012-yil mart oyida Turkmaniston terma jamoasi OFK Chaqiruv kubogining final turnirida qatnashish uchun Katmanduga yoʻl oldiPenalties back to haunt Hojageldiyev. Turkmanistonliklar musobaqa mezboni Nepal terma jamoasini 3:0 hisobida, Maldiv terma jamoasini esa 3:1 hisobida magʻlub etdi. Falastin bilan oʻtkazilgan uchrashuvda esa 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan. Yarim finalda Turkmaniston terma jamoasi Filippinni 2:1 hisobida yengan. Biroq final bosqichida Turkmaniston ikkinchi marta OFK Chaqiruv kubogini qoʻldan boy berdi – oʻyin yakuniga yaqin KXDRga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.
Yutuqlar Turkmaniston
OFK Chaqiruv kubogi sohibi: 2010, 2012
MTTU
Turkmaniston chempioni: 2006, 2009, 2013 Turkmaniston chempionatining kumush medali sovrindori: 2007, 2008, 2011 Turkmaniston Superkubogi sohibi: 2005, 2009 Turkmaniston kubogi sohibi: 2006; 2011-yil Turkmaniston kubogi finalchisi: 2008-yil Hamdoʻstlik kubogi yarim finalchisi: 2010-yil Hamdoʻstlik kubogi
Oltin Asr
Turkmaniston chempioni: 2014-yil Turkmaniston Superkubogi: 2014, 2015, 2016, 2017, 2018Yazkuli Xodjageldiev: „Emotsii posle pyatoy pobedi v Superkubke Turkmenistana ne takie, kak v perviy raz“ AFC Kubogi finalchisi: 2018
Manbalar
Havolalar Yazguli Xoʻjageldiyev Goal.com saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Bagtiyarliq-Lebap FK futbolchilari Turkum:FK Yedigen futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Yedigen futbol klubi murabbiylari Turkum:Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylar